Isroil–Hamas urushi
Isroil–Hamas urushi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Isroil–Falastin mojarosi | |||||||
Gʻazo sektori Isroil ichida evakuatsiya qilingan hududlar Hamas hujumining maksimum qamrovi Gʻazoning Isroil tomonidan evakuatsiya qilish buyurilgan hududlari | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Isroil[3] |
Isroil–Hamas urushi[8] – 2023-yilning 7-oktyabrida Hamas boshchiligidagi falastin kutilmaganda Isroilga muvofiqlashtirilgan hujum uyushtirganidan keyin boshlangan harbiy toʻqnashuv[9]sodir boʻldi[10][11]. Hujum ertalab Hamas boshqaruvidagi Gʻazo sektoridan Isroilga kamida 5 000 ta raketa otilishi bilan boshlandi[12]. Parallel ravishda taqriban 2 500 nafar falastinlik jangarilar Gʻazo–Isroil toʻsigʻidan oʻtib, qoʻshni Isroil hududlarida tinch aholi vakillarini asirga oldi[13]. Natijada kamida 1 400 nafar isroillik nobud boʻldi, jumladan, "Reʼim" musiqa festivalining 260 nafar ishtirokchisi[14][15][16]. Qurollanmagan tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalar hamda qoʻlga olingan Isroil askarlari Gʻazo sektoriga olib ketildi[17][18][19][20]. Isroil bunga javoban havo zarbalarini bera boshladi[21] va oradan bir kun oʻtib Hamasga rasman urush eʼlon qildi[21]. Hamas hujumlarini sukkot yahudiy bayrami yakunida, 1973-yilda Yom Kippur urushi boshlanganiga roppa-rosa 50 yil toʻlgan kunda boshladi[11][22].
Hamasning hujumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilning 7-oktyabr kuni tongda Falastinning Hamas guruhi jangchilari Gʻazo sektoridan Isroil tomonga kutilmagan hujumini uyushtirdi. 20 daqiqa ichida Isroilga Gʻazodan 5 000 dan ortiq raketalar otildi. Isroil ommaviy axborot vositalari Gʻazodan kamida 2200 ta snaryad otilganini xabar qilishdi. Hamas harakati harbiy qanoti qoʻmondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi va buning nomini Al-Aqso toʻfoni (arabcha: عملية طوفان الأقصى) deya nomladi[23]. Gʻazo sektoriga tutash hududlar va Sharon tekisligidagi shaharlarda, shuningdek Gedera, Gerzliyo, Tel-Aviv va Ashklon shaharlarda portlashlar qayd etildi[24].
Isroilning javobi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yahudiylarning Sukkot (ivritcha: סוכות) bayramiga toʻgʻri kelgan hujum isroilliklar uchun kutilmagan holat boʻldi[25]
„Temir gumbaz“ havo hujumidan mudofaa qilish tizimi ishga tushirildi. Bosh vazir Benjamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivdagi Isroil mudofaa kuchlari (IMK) shtabida xavfsizlikni taʼminladi. Keyinchalik Gallant armiyaning oʻn minglab zahiradagi askarlarini safarbar qilishni maʼqulladi va Gʻazo chegarasidan 80 kilometr (50 mil) radiusda favqulodda holat eʼlon qildi[26].
Xalqaro reaksiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Afgʻoniston: Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston Islom Amirligi „Gʻazo sektoridagi soʻnggi voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganini“ va "Isroildagi sionistlar tomonidan mazlum Falastinliklarning huquqlarini poymol qilishlari, musulmonlarning ibodatxonalarini bir necha marotaba xoʻrlashlari va hurmatsizlik qilishlari natijasida bunday hodisalar sodir boʻlayotganini taʼkidladi[27].
- Albaniya: Bosh vazir Edi Rama isroilliklar oʻz uylariga ega boʻlish va u yerga qaytish uchun ming yillar davomida kurashganini taʼkidladi[28]. Tashqi ishlar vaziri Igli Hassani hujumni keskin qoralab, qurbonlar, ularning oilalari va butun Isroil bilan birgaligini bildirdi.
- Jazoir: Tashqi ishlar vazirligi, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishini keskin qoralab, xalqaro tashkilotlarni mojaroga aralashishga chaqirdi va „Isroil mustamlakachiligi“ga qarshi kurashayotgan falastinliklarga hamdardlik bildirdi[29].
- Argentina: Tashqi ishlar va madaniyat vazirligi „HAMASning Isroil hududiga qarshi amalga oshirgan terrorchilik harakatlaridan afsusda“ ekanini maʼlum qilib, Isroil xalqi bilan birgaligini va qurbonlarga hamdardlik bildirgan[30].
- Armaniston: Tashqi ishlar vazirligi falastinliklar va isroilliklar oʻrtasidagi zoʻravonlik va tinch aholiga qilingan hujumlardan xavotir bildirdi. Qurbon boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va xalqaro hamjamiyatni zoʻravonlikka chek qoʻyishga chaqirdi[31].
- Avstraliya: Tashqi ishlar vaziri Penny Wong „Avstraliya HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumlarini, jumladan shaharlar va tinch aholiga raketalar bilan hujum qilishlarini soʻzsiz qoralaydi“ dedi'[32]. Bosh vazir Anthony Albanese ham hujumlarni keskin qoraladi[33].
- Ozarbayjon: Ozarbayjon-Isroil parlamentlararo aloqalarning ishchi guruhi Isroilga qilingan hujumni qoralab, hamdardlik bildirdi[34].
- Belgiya: Tashqi ishlar vaziri Hadja Lahbib TV X telekanalida mamlakat „Isroil fuqarolariga qarshi ommaviy raketa otilishini keskin qoralaydi“ va ular barcha jabrlanganlar bilan" ekanini aytdi[35].
- Braziliya: Tashqi ishlar vazirligi Braziliyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi raisi sifatida ushbu organni shoshilinch yigʻilish oʻtkazishini bildirib, Gʻazo sektoridan Isroilga uyushtirilgan „quruqlikdagi hujumlarni“ qoralab, Isroil xalqiga hamdardlik bildirdi[36].
- Bosniya va Gertsogovina: Vazirlar Kengashi raisi Borjana Krišto hujumlarni „adolatsiz va shafqatsiz“ deb qoralab, Isroilni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
- Kanada: Bosh vazir Jastin Tryudo "Kanada Isroilga qarshi amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlarini keskin qoralashini va zoʻravonlikni „mutlaqo qabul qilib boʻlmas“ deb atadi. U mamlakatini Isroil bilan birgaligini va uning „oʻzini himoya qilish huquqi“ni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi[37].
- Qozogʻiston: Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun siyosiy vositalarni izlashga va nafaqat ikki davlat oʻrtasida, balki butun Yaqin Sharqda vaziyatning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga qoʻl urmaslikka chaqirdi[38].
- Qirgʻiziston: Vaziyatning jiddiyligidan chuqur xavotir bildirib, mojaroning barcha tomonlarini tinchlikka erishish, tinch aholi xavfsizligini taʼminlash va Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va imkon qadar tezroq siyosiy va diplomatik muloqotni boshlashga chaqirdi[39].
- Oʻzbekiston: Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirib, kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni koʻrishga chaqirdi[40].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Universitet kampuslarida Isroil—Hamas urushi namoyishlari
- Amerika-Eron munosabatlari
- Ismoil Haniyaning oʻldirilishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Israel Army Fires Artillery at Lebanon as Hezbollah Claims Attack“ (en). Asharq Al-Awsat. 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Israel carrying out artillery strikes in Syria after mortar fire“. The Times of Israel. Qaraldi: 2023-yil 10-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 United Nations Relief and Works Agency for Palestine Refugees in the Near East (UNRWA). „UNRWA Situation Report #1 on the Situation in the Gaza Strip“ (English) (Situation Report). United Nations (2023-yil 7-oktyabr). — „At 06:30 on the morning of 7 October 2023, Hamas launched "Operation Al-Aqsa Flood" with more than 5,000 rockets reportedly fired towards Israel from multiple locations in Gaza, as well as ground operation into Israel.“. 2023-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-oktyabr.
- ↑ Fabian, Emanuel. „Officer, 2 soldiers killed in clash with terrorists on Lebanon border; mortars fired“ (en-US). The Times of Israel. 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
- ↑ „aljabhat alshaebiatu: qarar al'iidarat al'amrikiat bitawfir aldaem lilkian hadafuh tatwiq alnatayij alastiratijiat limaerakat tufan al'aqsaa“ (ar). alahednews.com.lb. 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Al-Qassam fighters engage IOF on seven fronts outside Gaza: Statement“. Al Mayadeen English (2023-yil 8-oktyabr). 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Qassam Brigades announces control of 'Erez Crossing'“. Roya News (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Исроил-ҲАМАС уруши, тўққизинчи кун. ЦАҲАЛнинг Ғазо секторидаги қуруқлик амалиёти кечиктирилди“. Kun (15-oktabr 2023-yil). Qaraldi: 18-oktabr 2023-yil.
- ↑ Beauchamp, Zack. „Why did Hamas invade Israel?“ (en). Vox (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ Erlanger, Steven. „An Attack From Gaza and an Israeli Declaration of War. Now What?“ (en-US). The New York Times (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
- ↑ 11,0 11,1 United Nations Office for the Coordination of Humanitarian Affairs (OCHA). „Fact Sheet: Israel and Palestine Conflict (9 October 2023)“ (English) (Press release). ReliefWeb. United Nations (UN) (2023-yil 9-oktyabr). — „On Saturday, 7 October — a Jewish sabbath day, the end of the weeklong Jewish festival of Sukkot, and a day after the 50th anniversary of the Yom Kippur War — Hamas and other Palestinian armed groups launched Operation al-Aqsa Flood, a coordinated assault consisting of land and air attacks into multiple border areas of Israel.“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Around 1,000 dead in Israel-Hamas war, as Lebanon's Hezbollah also launches strikes“. South China Morning Post (2023-yil 8-oktyabr). 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Hamas Leaves Trail of Terror in Israel“ (en-US). The New York Times (2023-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 14-oktyabr.
- ↑ Gillett, Francesca. „How an Israel music festival turned into a nightmare after Hamas attack“. BBC News (2023-yil 8-oktyabr). 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
- ↑ Tabachnick, Cara. „Israelis search for loved ones with posts and pleas on social media“. CBS News (2023-yil 8-oktyabr). 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Thousands flee rocket and gunfire at all-night desert 'Nature Party'; dozens missing“. The Times of Israel (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
- ↑ McKernan, Bethan. „Hamas launches surprise attack on Israel as Palestinian gunmen reported in south“. The Guardian (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Video appears to show Hamas taking Israeli civilian hostage“. NBC News (2023-yil 7-oktyabr).
- ↑ „Holocaust survivor who uses a wheelchair was dragged into Gaza as Israel-Hamas war rages on“ (en-US). USA Today. Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Hamas says it has enough Israeli captives to free all Palestinian prisoners“. Al Jazeera. 2023-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ 21,0 21,1 George, Susannah; Dadouch, Sarah; Parker, Claire; Rubin, Shira. „Israel formally declares war against Hamas as more than 1,000 killed on both sides“ (en-US) (2023-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
- ↑ Margalit, Ruth. „Waking to an Attack from Hamas“ (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-oktyabr. „In Israel, there is already talk about this being the beginning of a protracted 'Sukkot War.'“.
- ↑ HAMAS Isroilga qarshi „Al-Aqso toʻfoni“ operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi
- ↑ Israel attack: PM says Israel at war after 250 killed in attack from Gaza
- ↑ More than 200 Israelis killed in surprise Hamas assault on Israel, 232 killed in Gaza
- ↑ Israel attack: PM says Israel at war after 250 killed in attack from Gaza
- ↑ Pakistan, Afghanistan show support to Palestine, calls for „cessation of hostilities“
- ↑ Israel-Hamas conflict, Rama: Ready to meet with the Palestinian Ambassador
- ↑ الجزائر تدين الاعتداءات الإسرائيلية على قطاع غزة
- ↑ Comunicado de la Cancillería argentina
- ↑ MID Armenii: shokirovani nasiliem mejdu palestinsami i Izrailem i targetirovaniem grajdanskogo naseleniya
- ↑ Terrorism in its most despicable form': World leaders unite to condemn unprecedented attack on Israel by Hamas
- ↑ Anthony Albanese condemns 'indiscriminate and abhorrentʼ Hamas attack on Israel
- ↑ Working Group for Azerbaijan-Israel Inter-Parliamentary Relations condemns large-scale attacks on Israel
- ↑ United States security officials, Rishi Sunak and other world leaders react to surprise Hamas attack on Israel
- ↑ Ataques em território israelense[sayt ishlamaydi]
- ↑ Trudeau, Poilievre condemn Hamas attack on Israel; Ambassador to Canada calls violence 'unimaginableʼ
- ↑ Qazaqstanniң Tel-Avivtegі elshіlіgі Izraildegі azamattarimizben tұraqti baylanista – QR SІM
- ↑ Kirgizstan Izrail menen Palestinanin jaңjalina tinchsizdanuusun bildirdi
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti