Benito Mussolini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Benito Mussolini (1883.29.7, Forli - 1945.28.4, Dongo yaqini) — Italiyaning fashist diktatori (1922—43). Siyosiy yoʻlini Sotsi-alistik partiya safida boshlagan, bu partiyadan 1914 yil oʻchirilgan. 1919 yil fashistlar partiyasiga ( Fashi di kombattimento)asos soldi va uning rahbari (duche) boʻldi. "Rimga yurish"ni uyushtirib, hokimiyatni qoʻlga oldi (1922). M. hukumati mamlakatda terrorchi rejimni joriy qildi, bosqinchilikdan iborat tashqi siyosat olib bordi (1935 yil Habashistonni, 1939 yil Albaniyani va boshqalarni bosib oldi), Germaniya bilan birgalikda 2ja-hon urushini ochdi. 1945 yil Italiya partizanlari tomonidan qoʻlga olindi va qatl etildi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil