Andoza:Yaxshi maqola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Mangʻishloqxon (chigʻatoycha: منغیشلاق‎; 1454-yil, Ashtarxon xonligi — 1528-yil, Turkiston) — chingiziy shahzoda. Toʻqay Temuriylar xonadoni vakillarining Ashtarxon xonligidan Turkistonga koʻchib kelib oʻrnashgan tarmogʻi boshchisi. Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi vakillarining ajdodi — bobokaloni. Mangʻishloqxon shaxsi, uning tarjimayi holi va ijtimoiy faoliyati, tarixdagi oʻrni fanda yetarlicha oʻrganilmagan. U haqida batafsil naql qilingan yagona oʻrta asr manbasi bu Mahmud ibn Valining Bahr ul-asror asaridir. Boshqa yilnomachilarning bitiklarida u faqat genealogik boʻgʻin sifatida koʻrsatilgan. Shunday boʻlsa-da, Bahr ul-asrorda ham anaxronizmlarga yoʻl qoʻyilgani kuzatilgan. Aksariyat tadqiqotchilar tomonidan Mangʻishloqxon Bahr ul-asrorda aytilgan maʼlum bir hududda hukmronlik qilgani haqidagi maʼlumot inkor etiladi. Mangʻishloqxon Ashtarxon xonligi hududidan Turkistonga temuriy sulton Husayn Boyqaro (1470—1506) yoki shayboniy hukmdor Koʻchkunchixon (1512—1530) saroyiga tashrif buyurgan. Keyinchalik esa shayboniy Jonibek sultonning avlodlari tarbiyasi bilan shugʻullangan va uning xonadoni bilan yangi qarindoshchilik rishtasini oʻrnatgan. Keyinchalik Mangʻishloqxonning avlodlari boʻlmish Ashtarxoniylar Buxoro xonligi taxtini Shayboniylardan meros qilib olib, keyingi qariyb 150 yil davomida davlatda hukmronlik qilishgan. (Davomi...)