Bu sahifada tanlangan roʻyxat nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „tanlangan“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqola kamchiliklari boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak.
Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.
Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan avval, bu maqola tayinli mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling.
Nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola munozara sahifasining eng tepasiga {{subst:TRN}} andozasini joylang.
Joylangan andozadagi „Maqolani tanlangan maqola unvoniga nomzod qilib koʻrsating“ havolasi ustiga bosing.
Sahifa ochilgandan soʻng, kerakli joylarni toʻldirib, sahifani chop eting.
Quyidagi matndan nusxa oling: {{Vikipediya:Tanlangan roʻyxat nomzodlari/nomzod maqola nomi}}. Soʻngra, hozir oʻqib turgan sahifangizdagi Nomzodlar boʻlimining eng tepasiga nusxa olgan matningizni qoʻshing. Nusxa olgan matningizdagi „nomzod maqola nomi“ degan qismini nomzod qilib koʻrsatmoqchi boʻlgan maqola nomi bilan almashtiring va oʻzgarishlarni chop eting.
Maqola inglizcha Vikipediyada Tanlangan roʻyxat statusiga ega. Ushbu statusga nomzodlikka beraman. Maqola Avstraliyadagi noyob yomgʻir oʻrmonlari haqida. Tabiatga qiziquvchilar uchun kerakli maqola deb oʻylayman.
Assalomu alaykum, @Mirzoulugʻbek aka. Avvalambor fikrlaringiz uchun rahmat. Eʼtirozlaringiz bilan tanishib chiqdim. sumkali sut emizuvchilar iborasini xaltalilar termini bilan almashtirdim. Shuningdek, „Gondvana yomgʻir oʻrmonlarida muhofaza ahamiyatiga ega oʻsimlik turlariga Xaltalilar, Tasmannia va Endiandra jinslari kiradi“ jumlasidagi xaltalilar soʻzini Cryptocarya soʻzi bilan almashtirdim. Oʻzi bu jumlada xaltalilar soʻzini tarjima jarayonida texnik xato qilib qoldirgan ekanman. Bundan tashqari maqolani yana qayta bir sidira oʻqib chiqdim. Boshqa kamchiliklarga koʻzingiz tushgan boʻlsa, marhamat aytsangiz xursand boʻlardim. Janob Mirzaolim (munozara) 10:57, 2026-yil 11-may (UTC)javob berish
Oʻzbekcha Vikipediyada bu yoʻnalishda faollashganingiz va Tanlangan roʻyxat kriteriysi hozirgacha oʻziga yarasha boʻlib kelgani uchun Roziman. Lekin, eʼtiroz bilan. Konstruktiv tanqid oʻrnida qaralsin: Tanlangan roʻyxatda ichki havola koʻrsatilgan roʻyxat, hechboʻlmaganda qizarib turmasagina Tanlangan boʻladi. Shaxsan shu maqolani men yaratganimda, unda koʻrsatilgan har bitta manba bilan tanishib chiqishga harakat qilib, ishonch hosil qilgan va yangi manbada maʼlumot topsam ularni ham kiritgan boʻlardim. Yana qarang deb UNESCOning Avstraliyadagi Butunjahon merosi roʻyxati qizargan havola va qizarib turgan Turkumni koʻrsatmagan boʻlar edim. Tanlangan degani, sahifa bilan tanishgan oʻquvchi mavzuga tegishli maʼlumotdan qiziqishini maksimal qondira olishi kerak. Oʻquvchi „Yana“ qaraganida, keyingi sahifa bilan tanisha olishi kerak. Tarjima jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar boʻyicha ham kimdir eʼtiroz bildirishi mumkin. Siz esa hozirgi sharoitda barcha eʼtirozlarni inkor etishga haqlisiz. Sababi, kriteriydan oldin koʻplab Tanlangan roʻyxatlar „tanlanlab“ olingan. Kriteriylarning oʻzi esa konsensus asosida qabul qilinmagan. Kaganskymunozara18:29, 2026-yil 6-may (UTC)javob berish
Assalomu alaykum, @Kagansky ogʻa. Avvalambor ovoz berganingiz va fikrlaringiz uchun rahmat. Eʼtirozlaringiz bilan tanishib chiqdim. Qizarib turgan ichki havolalar boʻyicha maqolalar yaratib chiqdim va endi ular qizarmaydi. Qizarib turgan turkumni ham olib tashladim. Janob Mirzaolim (munozara) 10:52, 2026-yil 11-may (UTC)javob berish
Janob Mirzaolim nomzod qilib koʻrsatgan „Gondvana yomgʻir oʻrmonlari“ maqolasi boʻyicha muhokama va ovoz berish jarayoni yakunlandi. Barcha ishtirokchilarning ijobiy ovozlari va maqolaning talab darajasiga keltirilgani inobatga olinib, mazkur roʻyxatga Oʻzbekcha Vikipediyaning „Tanlangan roʻyxati“ statusi berildi.
Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.