Shanba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shanba - juma va yakshanba orasidagi hafta kuni.


Shanba (fors.) — Grigoriy kalendari boʻyicha haftaning jumadan keyingi, yakshanbadan oldingi kuni. Islomdan ilgari arablarda Sh. dastlab muqaddas kun sanalgan. Islom dinida juma ibodat va dam olish kuni deb qabul qilingach, Sh. haftaning boshlanish kuni boʻlib qolgan. Boshqa kunlar shunga muvofiq ravishda nomlangan. Mas, yakshanba — birinchi kun, dushanba — ikkinchi kun, seshanba — uchinchi kun, chorshanba — toʻrtinchi kun, payshanba — beshinchi kun.

Qadimgi yahudiylar anʼanasida Sh. kuni muqaddas kun hisoblanadi. Ruslardagi "subbota" soʻzi yahudiylarning "shabbot" (diniy bayram) soʻzidan olingan.


Hafta kunlari
Dushanba | Seshanba | Chorshanba | Payshanba | Juma | Shanba | Yakshanba