Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari
|
Bu sahifada tanlangan maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „tanlangan“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqolada kamchiliklar boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak. Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin. |
| ||
Nomzodlikka qoʻyish
| |||
Nomzodlar
[manbasini tahrirlash]- Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 06:24, 2026-yil 17-noyabr (UTC)
Bu maqola Hindistondagi toʻrtinchi eng yirik aeroporti haqida. Oʻzbekistonning mahalliy Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent va Haydarobod oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻygan. Maqola inglizcha Vikipediyada „yaxshi“ unvonini olgan. Aviatsiyaga qiziquvchilar uchun kerakli maqola deb oʻylayman. Shuning uchun Hindiston oyligi doirasida ushbu maqolani inglizchadan tarjima qilish va @Mirishkorlik taklifiga binoan tanlangan maqola nomzodligiga qoʻyishga qaror qildim.
Maqolani inglizchadan toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilmay, ayrim maʼlumotlarini tashqi manbalar asosida yangiladim. Commonsdagi tegishli sahifadan rasmlar bilan boyitdim.
Hurmatli Kagansky, Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Panpanchik, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Umarxon III, ITPRO.UZ, Muzaffar Murodovich, Sitora Oblakulova, Abdufattohov Ibrohimjon, Mirishkorlik, MirfayzbekAbdullayev, Hasan Xamidovich, Bekipediya, Humoyun Qodirov, AnvarxonM, TheNomadEditor, MrKrasav4ik, Mupapap29, Jizzakhlik, Mulan Xon, Akosh13 va boshqalar, maqola bilan tanishib chiqib fikrlaringizni bildiring va ovoz berishda ishtirok eting. Janob Mirzaolim (munozara) 06:24, 2026-yil 17-noyabr (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Maqolani avval öqib çiqqanim va uşbu statusga loyiq deb bilganim uçun status olişini
qöllayman Mirishkorlik munozara 08:34, 2026-yil 17-noyabr (UTC)
Roziman Jizzakhlik (munozara) 17:30, 2026-yil 17-noyabr (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]- Nominator(lar): Sitora Oblakulova (munozara) 07:19, 2026-yil 16-iyun (UTC)
Ushbu maqola Safaviylar davlatining eng nufuzli va qudratli siyosiy siymolaridan biri Parixon haqida boʻlib, unda ushbu malikaning Safaviylar boshqaruvidagi beqiyos oʻrni, ikki shoh hukmronligi davridagi siyosiy roli va fojiali taqdiri yoritilgan. Sharq ayollari yetakchiligiga oid sifatli maqolalarning koʻpayishi Oʻzbekcha Vikipediya nufuzini yanada oshiradi deb oʻylayman. Maqolani koʻzdan kechirib, oʻz fikr va ovozlaringizni qoldirishingizni soʻrayman. Sitora Oblakulova (munozara) 07:19, 2026-yil 16-iyun (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Ogʻa yoki Oʻgʻa. Tahmosb yoki Tahmosb I. Ibrohimjon 04:15, 2026-yil 21-iyul (UTC)
- Ogʻa boʻlishi kerak, imloda xato ketgan ekan, tuzatib qoʻydim. Tahmosb va Tahmosb I ikkalasiyam qoʻllanilishi mumkin. Tahmosb II, III va hokazolar boʻlganda adashtirib yubormaslik uchun aniq koʻrsatiladi. Sitora Oblakulova (munozara) 05:22, 2026-yil 28-iyul (UTC)
Nomzod qilingan maqolani oʻqib chiqish mobaynida men uchratgan kamchiliklar:
- Oldin: U akasi Haydar Mirzo va uning tarafdorlarining taxtga chiqishga urinishini barbod qilib, oʻzi yoqlagan nomzod — akasi Ismoil Mirzoni taxtga oʻtqazgan. Keyin: Akasi Haydar Mirzo va tarafdorlarining taxtga chiqishga urinishini barbod qilib, oʻzi yoqlagan nomzod — yana bir akasi Ismoil Mirzoni taxtga oʻtqazgan. Sabab: tavtologiyadan qochish, olmoshlarni gapda koʻp takrorlamaslik.
- Hozir: 1577-yilda Ismoilning suiqasd bilan oʻldirilishida Parixon bosh tashkilotchi boʻlgan boʻlishi mumkin. Keyin: 1577-yilda Ismoilning suiqasd bilan oʻldirilishida Parixon bosh tashkilotchi boʻlgani ehtimoli mavjud. Sabab: tavtologiya, gʻalizlik.
- Hozir: Baʼzilar tomonidan Safaviylar tarixidagi eng qudratli ayol deya baholangan Parixon yuqori tabaqaga mansub ayollarga qattiq cheklovlar qoʻyilgan jamiyatda bir muddat sust va samarasiz Safaviy saroyini toʻliq nazorat qila olgan. Zamondoshlari uni aql-zakovati va layoqati uchun maqtagan, ammo keyingi yilnomalarda u ikki akasini oʻldirgan va taxtni egallashni koʻzlagan yovuz qahramon sifatida tasvirlangan. U bir qancha shoirlarga homiylik qilgan, bu shoirlar orasida Muhtasham Koshoniy ham boʻlib, u Parixon sharafiga beshta qasida bitgan. Davr yozuvchilari unga bagʻishlab asarlar yozgan. Bunga Abdibek Sheroziyning „Takomilat al-axbor“ asarini misol qilish mumkin. Shuningdek, Parixon islom paygʻambari Muhammadning qizi Fotimaga qiyos qilingan. Keyin: Baʼzilar tomonidan Safaviylar tarixidagi eng qudratli ayol deya baholangan Parixon yuqori tabaqaga mansub ayollarga qattiq cheklovlar qoʻyilgan jamiyatda bir muddat sust va samarasiz Safaviy saroyini toʻliq nazorat qila olgan. Zamondoshlari malikani aql-zakovati va layoqati uchun maqtagan, ammo keyingi yilnomalarda ikki akasini oʻldirgan va taxtni egallashni koʻzlagan yovuz qahramon sifatida tasvirlangan. Shuningdek bir qancha shoirlarga homiylik qilgan, ushbu shoirlar orasida Muhtasham Koshoniy ham boʻlib, shoir Parixon sharafiga beshta qasida bitgan. Davr yozuvchilari unga bagʻishlab asarlar yozgan. Bunga Abdibek Sheroziyning „Takomilat al-axbor“ asarini misol qilish mumkin. Shuningdek, Parixon islom paygʻambari Muhammadning qizi Fotimaga qiyos qilingan. Sabab: olmoshning oʻzini koʻp qoʻllash matnda jozibaning kamayishiga sabab boʻladi, sunʼiylik, toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima kabi alomatlarni yuzaga chiqaradi.
- Oldin: Uning otasi Safaviylar sulolasining ikkinchi shohi Tahmosb I boʻlgan. Keyin: Otasi Safaviylar sulolasining ikkinchi shohi Tahmosb I boʻlgan.. Sabab: olmoshning ortiqcha qoʻllanishi.
- Oldin:Parixon va Qizilboshlilar Muhammad faqatgina ramziy hukmdor boʻladi, mamlakatni esa amalda Parixon va uning vakillari boshqaradi, degan kelishuvga kelishgan. Keyin: Parixon va Qizilboshlilar Muhammad faqatgina ramziy hukmdor boʻladi, mamlakatni esa amalda Parixon va uning vakillari boshqarishi toʻgʻrisidagi qarorga kelishgan. Sabab: tavtologiya.
- Oldin: Shu tariqa Parixon 1577-yil 25-noyabrdan 1578-yil 12-fevralgacha ikkinchi de facto hukmronligini amalga oshirdi. Shu tariqa Parixon 1577-yil 25-noyabrdan 1578-yil 12-fevralgacha ikkinchi de facto hukmronligini amalga oshirdi[31][3]. U akasi Ismoil qamoqqa tashlagan mahbuslarni ozod qildi va koʻplab mashhur erkaklar va ayollarni himoyasiga oldi.. Keyin: Shu tariqa Parixon 1577-yil 25-noyabrdan 1578-yil 12-fevralgacha ikkinchi bora de-fakto hukmronlik qilgan[31][3]. Akasi Ismoil qamoqqa tashlagan mahbuslarni ozod qiladi va koʻplab oʻsha davrda xalq orasida dongdor kishilarni himoyasiga oladi. Sabab: sunʼiylik, toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima.
- Oldin: Masalan, Maxdum Sharifiy Sheroziyni qamoqdan chiqardi va uning Usmoniylar imperiyasiga qochib ketishiga yordam berdi. Keyin: Masalan, Maxdum Sharifiy Sheroziyni qamoqdan chiqarib, Usmoniylar imperiyasiga qochishiga yordam bergan..
- Shuningdek butun matnni u, bu, uni, uning, oʻz kabi olmoshlarning qoʻllanishi bilan bogʻliq holat sabab toʻliq tahrirlash lozim. Ushbu olmoshlarning qoʻllanishi matnning jozibadorligi va tabiiyligiga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
@Sitora Oblakulova: maqola uchun ancha mehnat qilgansiz. Oʻylaymanki yuqorida keltirilgan kamchiliklarning bartaraf etilishi maqolaning yanada mukammal va oʻquvchiga manzur boʻlishiga xizmat qiladi. Mirishkorlik (munozara) 13:26, 2026-yil 14-sentyabr (UTC)
- Fikrlar uchun rahmat, siz koʻrsatib oʻtgan va yana bir qancha kamchiliklarni tuzatib qoʻydim. Sitora Oblakulova (munozara) 05:48, 2026-yil 28-sentyabr (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]
Roziman. Ibrohimjon 06:26, 2026-yil 28-iyul (UTC)
Roziman. Janob Mirzaolim (munozara) 16:22, 2026-yil 8-oktyabr (UTC)
Roziman --Mirishkorlik (munozara) 16:36, 2026-yil 15-oktyabr (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]- Nominator(lar): PanPanChik #yozish 09:22, 2025-yil 25-dekabr (UTC)
Mazkur maqola Buddizm dinidagi asosiy tushunchalardan birini ifodalaydi. Maqola 72 ta tilda mavjud boʻlib, uni nomzodlikka qoʻyish uchun iyun-iyul oylarida takomillashtirishga urindim. Maqola tarkibidagi qizil link bilan kelgan oʻnlab maqolalar va ular tegishli turkumlarni yaratib, oʻzim uchun boshlagan Buddizm chellenjini amalga oshirdim. Maqola nomzodlik uchun munosib deb hisoblayman, agarda siz undagi kamchiliklarni koʻrsangiz iltimos ularni tuzatish va toʻgʻrilashga koʻmaklashing. Hurmat ila PanPanChik #yozish 09:22, 2025-yil 25-dekabr (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Maqolaning pastki qismida Vikiiqtibos va Vikilugʻatga havolalar berilgan. Ammo Vikiiqtibosda va Vikilugʻatda ushbu mavzuga aloqador sahifalar hali yaratilmagan ekan. Havolalarni olib tashlash kerak yoki tegishli sahifalarni yaratish kerak. Umarxon III (munozara) 13:28, 2025-yil 26-dekabr (UTC).
- Vikiiqtibosda kerakli sahifalarni yaratib chiqishga harakat qilaman. PanPanChik #yozish 07:07, 2025-yil 27-dekabr (UTC)
Statusli maqolalar koʻpayishi tarafdori boʻlgan holda ushbu maqolaning kirish qismini oʻqib quyidagi kamchiliklarni uchratdim:
- Koʻpincha bu atama boshqalarga ham Buddalikka erishishda rahnamolik qilish maqsadida Nirvana yoki boshqa rohat va halovat beruvchi barcha narsalardan voz kechgan yoki ularni kechiktirayotgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. — gap inglizchadan togʻridan-togʻri tarjima qilib oʻzgartrilmagan. Gapda gʻalizlik bor. Koʻpincha bu atama Buddalikka erishish yoʻlida boshqalarga rahm-shafqat bilan yordam berish uchun oʻz „nirvana“ yoki „bodhi“siga erishishdan voz kechgan yoxud uni ortga surgan kishilarga nisbatan qoʻllanadi.
- Dastlabki buddaviylik maktablarida hamda zamonaviy Theravāda buddaviyligida bodhisattva (yoki bodhisatta) atamasi Buddaga aylanish niyatini bildirgan va tirik Budda tomonidan bu niyatining roʻyobga chiqishi tasdiqlangan shaxslarga nisbatan ishlatiladi[3]. — toʻliq inglizcha gap qurilishida qolib ketgan. Bu gapda ham gʻalizlik ancha sezilgan. — Ilk buddaviylik maktablarida, shuningdek, hozirgi Theravada anʼanasida bodhisattva (yoki bodhisatta) deb Budda boʻlishga qatʼiy ahd qilgan va bu niyatining amalga oshishini tirik Buddaning tasdigʻi yoki bashoratini olgan shaxsga aytiladi.
- Mahāyāna buddaviyligida esa bodhisattva atamasi bodhichittani (barcha jonli mavjudotlar foydasi uchun Buddalikka erishishga qaratilgan samimiy istak) uygʻotadigan har qanday shaxsni anglatadi. — gapning bir qismi qavs ichiga olinishi bilan gapning maʼnosi anglash qiyinlashgan. — Mahayanada bodhisattva deb barcha tirik mavjudotlar manfaatini koʻzlab, Buddalikka erishish istagi va rahm-shafqat tuygʻusini oʻzida uygʻota olgan har qanday shaxsga aytiladi.
- Mahayana bodhisattvalari ruhiy uygʻonishga erishish uchun kurashadigan va ulkan rahm-shafqat (mahākaruṇā) bilan harakat qiladigan ruhiy qahramonlardir. — Mahayanada bodhisattvalar — maʼrifatga erishishga intiladigan va buyuk „mahakaruna“ (rahm-shafqat) tuygʻusi bilan harakat qiladigan ruhiy jihatdan komil shaxslar hisoblanadi.
- Ular „toʻrtta ilohiy makon“ (brahmavihāra) — mehr-muhabbat (maitrī), rahm-shafqat (karuṇā), hamdardlik quvonchi (muditā) va tengqurlik (upekṣā), shuningdek turli xil bodhisattva „mukammalliklari“ (pāramitālar), jumladan prajñāpāramitā („cheksiz aql-zakovat“ yoki „mukammal idrok“) va mahorat (upāya) kabi muhim ruhiy fazilatlar bilan tavsiflanadi. — Ular „maitri“ (mehr-oqibat), „karuna“ (rahm-shafqat), „mudita“ (boshqalarning quvonchiga sherik boʻlish) va „upekxa“ (xotirjamlik) ni oʻz ichiga olgan „brahmavihara“ (toʻrt ilohiy maskan) kabi muhim maʼnaviy fazilatlar, shuningdek, bodhisattvaning turli „paramita“ (fazilat) bilan ajralib turadi. Bunday fazilatlar qatoriga „prajnaparamita“ („yuksak bilim“ yoki „donishmandlik komilligi“) va „upaya“ (mohirona vositalardan foydalanish) ham mansubdir.
- Avalokiteshvara, Maitreya va Manjushri kabi ruhiy jihatdan rivojlangan bodhisattvalar Mahāyāna buddaviylik dunyosida keng ehtiromga sazovor boʻlib, ular barcha jonli mavjudotlarga yordam berish uchun ulugʻ sehrli kuchga ega, deb hisoblanadi. — Avalokiteshvara, Maitreya va Manjushri kabi maʼnaviy jihatdan yuksak bodhisattvalarga Mahayana keng tarqalgan hududlarda ham katta ehtirom koʻrsatiladi. Ular barcha tirik mavjudotlarga yordam berishda foydalanadigan buyuk sehrli kuchlarga ega, deb ishoniladi.
- Bilgiqutini ham qayta tahrirlash lozim: romaji, „romanlashtirish“.
- prajñāpāramitā, pāramitā, upekṣā kabi soʻzlarni oʻzbek lotin alifboda bergan maʼqul. Har bir tilning oʻz qonun qoidasi boʻlgani uchun bunday ifodalash joiz emas deb bilaman.
@Panpanchik:, hozircha kirish qismini oʻqib ushbu xulosalarni bermoqdaman. Oʻylaymanki siz butun maqolani yana bir bor oʻqib mukammal holga keltirasiz va biz yangi TMni koʻramiz. Mirishkorlik munozara 11:45, 2026-yil 10-noyabr (UTC)
- Fikrlaringiz uchun rahmat. Murakkab gaplarni soddalashtirib qayta koʻrib chiqaman. Bilgiqutini ham kamchiliklarini tuzatishga urinib koʻraman. PanPanChik #yozish 09:35, 2026-yil 11-noyabr (UTC)
- Yuqoridagilarni yozishda andozani koʻrib chiqmaganim uchun quyidagilarni izoh sifatida berib oʻtsam:
- Avvalo, muammo budda bilgiqutisida emas, bilgiqutini koʻrib chiqdim va u muammosiz ishlamoqda hamda siz aytgan holat toʻgʻridan-toʻgʻri bilgiquti bilan bogʻliq emas. Yaponchadagi romaji esa bu romanlashtirish bilan ifodalanadigan jumla emas. U aynan yaponcha jumlalarni romanlashtirish metodikasining nomi hisoblanadi, huddi pinyin, jyutping, Wade-Giles kabi alohida romanlashtirish sistemasi. Boshqa tomondan esa, siz kabi ayrimlar romaji bilan romanlashtirish soʻzlarini farqlolmay, bir xil deb oʻtirishlarini oldini olish uchun, bu jumla haqidagi maqolani ham yaratishni koʻzlab qoʻydim. Gʻoya uchun rahmat.
- Shuningdek, prajñāpāramitā, pāramitā, upekṣā bu soʻzlar atay shu koʻrinishda qoldirilgan. Mazkur soʻzlarga oid maqolalarni alohida belgilarsiz yaratganman, lekin Bodhisattva maqolasida enwikidagidek (ularning alifbosida ham bu sigari belgilar mavjud emas, lekin aynan shunday koʻrinishda yozish orqali, asliyati lotincha boʻlmagan tildagi soʻzlarni toʻgʻri urgʻu bilan ifodalashga eʼtibor qaratishgan) oldim. Buni tilga yoki oʻzbek lotin alifbosiga nisbatan qilingan nomaʼqulchilik deb hisoblamayman. PanPanChik #yozish 10:13, 2026-yil 11-noyabr (UTC)
- @Panpanchik:
Boshqa tomondan esa, siz kabi ayrimlar romaji bilan romanlashtirish soʻzlarini farqlolmay, bir xil deb oʻtirishlarini oldini olish uchun, bu jumla haqidagi maqolani ham yaratishni koʻzlab qoʻydim.
Qaysi asosga koʻra bilmasligimdan xabar topdingiz? Iddaongiz jiddiy. Nafaqat yuqoridagi balki Polivanov, Hepburn kabi tizimlardan ham yaxshi xabarim bor. „Romaji“ bilan „romalashtirish“ farq qilmaydi, shunchaki yaponlar oʻzining yozuv tizimini lotinlashtirishni romaji degan xolos (en:Romanization of Japanese). Qizigʻi romanlashtirish aslida umuman boshqa tushuncha (qarang: wikt:romanlashtirish). Aslida „lotinlashtirish“ deyililishi lozim.Shuningdek, prajñāpāramitā, pāramitā, upekṣā bu soʻzlar atay shu koʻrinishda qoldirilgan. Mazkur soʻzlarga oid maqolalarni alohida belgilarsiz yaratganman, lekin Bodhisattva maqolasida enwikidagidek (ularning alifbosida ham bu sigari belgilar mavjud emas, lekin aynan shunday koʻrinishda yozish orqali, asliyati lotincha boʻlmagan tildagi soʻzlarni toʻgʻri urgʻu bilan ifodalashga eʼtibor qaratishgan) oldim. Buni tilga yoki oʻzbek lotin alifbosiga nisbatan qilingan nomaʼqulchilik deb hisoblamayman.
menimcha har bir tilning oʻz qonun qoidasi bor. Hali qoidalar mukammal ishlab chiqilmagan tilda yangilik qilish Vikipediayada boʻlmasligi kerak deb oʻylayman. Shu sabab ushbu fikringiz borasida hamjamiyatimizda ham aniq xulosa chiqarilmagan. Demak biz ayni bu vaziyatga aniq mos boʻlmasada VP:MNXS qoidasiga amal qilishimiz lozim. Keyingi safar murojaat qilganingizda {{ping}} andozasini ishlatsangiz tezroq javob beraman. Mirishkorlik munozara 11:53, 2026-yil 13-noyabr (UTC)
- @Panpanchik:
Rozilar
[manbasini tahrirlash]
Roziman. TM kriteriylariga loyiq maqola. — Kagansky munozara 11:38, 2026-yil 8-noyabr (UTC)
Roziman. Ibrohimjon 07:20, 2026-yil 17-noyabr (UTC)
