Tonirovka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tonirovkaga misol

Tonirovkalash — avtomobil oynalarining yorugʻlik oʻtkazuvchanligi, rangi va aks ettiruvchi xususiyatlarining oʻzgartirilishi.

Usuli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayni paytda avtomobil oynalarini qoraytirishning uchta usuli mavjud:

  1. Purkash orqali
  2. Oyna plyonkalari
  3. Mato orqali himoya qilish

Purkash usuli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Purkashning mohiyati shishaga nozik metall yoki polimer qatlamini qoʻllashdir. Afzalliklari:

  1. Arzon.

Kamchiliklari:

  1. Moʻrtligi
  2. Rangni koʻchirishdagi mashaqqat
  3. Shishani mustahkamlamasligi

Oyna plyonkalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usulning mohiyati plyonkani mashina oynasiga yopishtirishdir. Qoplama turiga koʻra, plyonkalar quyidagi turlarga boʻlinadi:

  1. Boʻyoq bilan qoplangan — bu turdagi plyonkaning asosiy afzalligi narxi hisoblanadi
  2. Metalllashtirilgan
  3. Choʻkma — magnetronli chayqalish bilan

Himoya vositalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usulning mohiyati avtomobil oynasining ochilishiga qora materialdan (mato, plastmassa) himoya ekrani oʻrnatishdan iborat. Himoya vositasi avtomobil markasiga muvofiq ishlab chiqariladi. Afzalliklari:

  1. Avtomobil oynasining ramkasiga oʻrnatiladi, oynaga tegmaydi.
  2. Avtomobil oynalari tushirilganda qoraytirish funksiyasini saqlab qoladi.
  3. Ular qonun bilan taqiqlangan tonirovka uchun muqobildir.
  4. Oson oʻrnatish va demontaj qilish (bir necha marta) mumkin.
  5. Hasharotlardan, toshlardan, shisha parchalaridan himoya qiladi.
  6. Oynaning ochilish qismini toʻliq qoplaydi.
  7. Sigaret chekuvchilar uchun teshik va yon orqa koʻzgu oynalarini koʻrish imkoniyati bilan ishlab chiqarish.
  8. Konditsionerdan foydalanishdagi yoqilgʻi tejalishi.

Kamchiliklari:

  1. Plyonka kabi koʻrish imkoniyatining mavjud emasligi.

Oʻzbekistonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Tonirovka.jpg
2018-2022-yillarda avtomashinaga tonirovka qilish shartlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomobil oynalarining tusini oʻzgartirish 2005-2019-yillarda taqiqlangan edi. 2018-yilda avtomobillar oynalarini qoraytirishga ruxsat beruvchi qaror loyihasi taqdim etilgan[1]. Oynalarni qoraytirish davlat yoʻl harakati xavfsizligi tuzilmalari tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnoma asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi „innovatsion loyihalar va aholiga xizmat koʻrsatish markazi“ davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi, narxi jismoniy shaxslar uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 90, yuridik shaxslar uchun 120, xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari uchun esa 140 barobari miqdorida belgilangan edi[2][3]. Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov Oʻzbekistonda oxirgi vaqtlarda yoz haddan ziyod issiq boʻlayotgani, shu sabab avtomobillar oynasini qoraytirishni bepul qilish kerakligini aytdi.

Soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda yoz juda issiq, gohida haddan ziyod yoqimsiz issiq boʻlyapti. Bulutli issiq kunlarda esa bosh ogʻrigʻiga chidab boʻlmaydi. Qurgʻoqchilik kuchayib, bundan buyogʻiga yanada issiq boʻlsa kerak. Shu paytda agar mashina tonirovkasi bepul qilinsa, bundan hamma haydovchilar, yoʻlovchilar minnatdor boʻlar edi. Bu ham aslida inson qadrining bir koʻrinishi, odamlarga boʻlgan gʻamxoʻrlik namunasiga aylanar edi

2022-yil iyun oyining boshlarida yurist va bloger Kamoliddin Bahovudinov „tonirovka jinoyat emas“ shiori ostida hukumat vakillariga murojaat qildi.[4] 28-iyun kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoev avtomobillar oynalarini qoraytirish masalasida qaror qilgani aytildi. uning soʻzlariga koʻra, 1-iyuldan boshlab avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilinadi, old va orqa yon oynalarni toʻliq qoraytirish toʻlovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi, ishlab chiqarilganiga 10 yildan koʻp boʻlmagan engil mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi bekor boʻladi.[5]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]