Oʻtror

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻtror, Turarband, Tarband, Oʻtrortepa — qadimiy shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-asrmilodiy 16-asr). Janubiy Qozogʻistondagi Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida. Oʻ. 3 qism (ark, shahriston, rabod)dan iborat boʻlib, burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori va xandaqlar bilan oʻralgan. Oʻ.dan koʻchalar, hammom, turar joy binolari qoldiqlari, uyroʻzgʻor, zargarlik buyumlari, kamon oʻqlari va boshqalar topilgan. Moʻgʻullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik shaharlaridan biri boʻlgan. Oʻtrormudofaasidan soʻng moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. Oq Oʻrda xonlari uni 14-asr da tiklaganlar. Bu davrda masjid, madrasa, xonaqoh qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida muhim harbiy shahar, qalʼa boʻlgan. Bu davrda Yevropadan Osiyoga boradigan yangi savdo yoʻli vujudga kelgan; u Volga sohillaridan Uraldagi Saroychik shahri orqali Koʻhna Urganch, Oʻ. va Olmaliqqa borgan. Bu yoʻldan musulmon savdogarlari ham, yevropalik tijoratchilar ham foydalanishgan. Oʻ.dan koʻplab allomalar yetishib chiqqan; shahar obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. 16-asrdagi oʻzaro ichki nizolar paytida huvillab qolgan.