Nastaʼliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nastaʼliqxattotlik uslubi, arab mumtoz xat uslublaridan biri. 14-asrda shakllangan, nazariy asoschisi Mir Ali Tabriziy. Bu xat nasx va taʼlsh xat uslublari asosida yaratilgan boʻlib, har-flarning 5/6 qismi egri va 1/6 qismi toʻgʻri chiziqlar asosida yoziladi. Dastlab moʻʼtabar qoʻlyozmalarni, asosan, badiiy adabiyot namunalarini kuchirishda va alohida qitʼalarni bitishda foydalanilgan. Keyinchalik bu yozuv kitobat sanʼatidan nasx va suls yozuvlarini siqib chiqaradi. Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon, Afgʻoniston va Hindistonda keng tarkalgan. Jaʼfar Boysunkuriy, Azhar Tabriziy, Sultonali Mashxadiy va uning shogirdlari N.da ijod qilgan. Ayniqsa, Mir Ali Haraviynnng N.ni Movarounnahrda tarqalishida xizmati katta. Darvish Muhammad ("Favoid ul-xutut"), Munis Xorazmiy ("Savodi taʼlim"), Muhammad Azim ("Mirʼoti taʼlim") asarlarida N. xatining asoslarini oʻrganish bayon etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil