Shoh Jahon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shoh Jahon (1592.5.1, Lohur 1666.22.1, Agra) — Boburiylar saltanati hukmdori (1627—58).

Asl ismi Shahobiddin Muhammad Xurram (taxt nomi Shoh Jahon I, 1628 yilgacha Shoh Jahon Bahodir mansab bilan Shohzoda Xurram Baht Bahadur-Mirza deb nomlangan; [Toj Mahal]] qurilishi bilan oʻz nomini abadiylashtirgan Boburiylar imperiyasining Podshohi (1627-1658).

Shoh-Jahon

Jahongirshohning 3-oʻgʻli. 1616 yil Dekan (toʻgʻrirogʻi — Dakan)dagi gʻalabasidan soʻng Sh.J.nomini olgan. 1622—25 yillar otasi Jahongirshohga qarshi urushib, yengilgan. 1627 yilda taxt uchun kurashlarda gʻolib boʻlib, "Abul Muzaffar Shahobiddin Muhammad Sohibqironi Soniy" taxallusini olgan. Taxtga oʻtirgan zahoti bir qancha isyonlarni bostirishga majbur boʻlgan.

Toj Maxal maqbarasi, Agra

Sh.J. poytaxtni Agradan Dehliga koʻchirgan. Bu davrda adabiyot, sanʼat, musiqa va boshqalar fanlar rivoj topgan. Sh.J. bir qancha muhtasham obidalarni bunyod ettirgan — Agrada Tojmahal, Qizil qalʼa, Dehlida Jome masjid, Lohurda Shalimar bogʻi va boshqalar Sh.J. davrida Boburiylar saltanati tanazzulga yuz tuta boshlagan.

1630—33 yillarda Gujarat va Dekanda qattiq qurgʻoqchilik tufayli ocharchilik boʻlgan, xalqning ahvoli ogʻirlashgan, shuning uchun Sh.J. mazkur oʻlkalardagi yer soligʻini kamaytirgan. Sh.J. davrida Yevropa savdo kompaniyalarining Boburiylar davlatiga suqilib kirishi kuchaygan, Shu kezlarda uning oʻg'illari oʻrtasida taxt uchun kurash avj olgan. Bu kurashda katta oʻgʻli Avrangzeb gʻolib kelib, taxtni egallagan. Sh.J. Tojmahal maqbarasida xotini Mumtoz Mahal yoniga dafn etilgan.

Ad:. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.

Manbalar[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]