Orsk
Orsk — Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyatidagi shahar (1865-yildan). Janubiy Uralda, Oʻr daryosining Ural daryosiga quyilish joyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 274 ming kishi (1998). "Yujnouralnikel" kombinati, Janubiy Ural mashinasozlik, traktor pritseplari zavodlari, rangli metallurgiya, neft kimyosi, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari bor. Ped. instituti, oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi.
Shahar 1735-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan jan. yerlarni egallash maqsadida qalʼa sifatida qurilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |