New York (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nyu Yorkdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
New York
Shahar
NYC Montage 2014 4 - Jleon.jpg
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Flag
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
40°40′12″N 73°56′24″W / 40.67000°N 73.94000°W / 40.67000; -73.94000Koordinatalari: 40°40′12″N 73°56′24″W / 40.67000°N 73.94000°W / 40.67000; -73.94000
Mamlakat AQSh
Shtat New York
Mintaqa Oʻrta Atlantik shtatlar
Hukumat
 • Mayor Bill de Blasio
Asos solingan 1624
Maydon 1,212.60 km2
Aholisi
 (2010)
8,336,817
Zichligi 10,716.36 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC05:00
Xaritani koʻrsatish/yashirish
New York на карте
New York
New York
New York на карте
New York
New York

New York sahri — shunchaki, New York deb ataladigan yoki NY koʻrinishida qisqartiriladigan Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida. Shaharning markaziy qismi Manhattan orolida joylashgan. Iqlimi moʻtadil, sernam iqlim. Yillik yogʻin 1000 mm. Maydoni (shaharning munitsipal chegarasi doirasida, suv havzalarisiz) 953 km². Aholisi 8,336,817 kishi (2009). New Yorkning amalda qoʻshilib ketgan shaharlar va shahar atrofi bilan birga maydoni 27 ming km², aholisi 19 million kishi. Shahar aholisining koʻpchiligi asli yevropalik, osiyolik va afrikaliklar, xususan, 15% qoratanlilar, 14% kelib chiqishiga koʻra italyanlar, 12% puertorikanlar va boshqalardan iborat.

Shaharni mer, munitsipal kengash va hisoblar boshqarmasi idora qiladi. Mer aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ilk bor Manhattan oroliga 1613-yilda gollandlar kelib oʻrnashgan. Shaharga 1625-yilda asos solingan. 1626-yildan Yangi Amsterdam deb atalgan. 1664-yilda Yangi Amsterdamni inglizlar bosib olib, gersog Yorkskiy sharafiga New York deb ataganlar. 1785—90-yillarda New York Amerika Qoʻshma Shtatlarining muvaqqat poytaxti. Shaharda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning shtab-kvartirasi joylashgan.

New York — Amerika Qoʻshma Shtatlarida eng katta, dunyoda eng yirik dengiz portlaridan. Chetdan keltiriladigan yuklar (neft, tropik oʻsimliklar mahsuloti, xom ashyo, sanoat buyumlari) chetga chiqariladigan yuklar (sanoat buyumlari, oziq-ovqat)dan 3 marta koʻp. Mamlakat tashki savdo aylanmasining 1/4 qismi New York orqali oʻtadi. Shaharda fond birjasi, bank, sugʻurta jamiyatlari, sanoat va boshqa korporatsiyalarining boshqarmalari joylashgan. 3 ta katta xalqaro aeroport mavjud. Tikuvchilik va poligrafiya sanoatlari salmoqli oʻrin tutadi. Mashinasozlik va metallsozlik (jumladan, elektrotexnika, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, aviaraketasozlik, optika-mexanika), kimyo hamda galantereya va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shaharning ayrim qismlarini 60 dan ortiq koʻprik, bir nechta avtomobil tunneli (umumiy uzunligi 370 km) va yoʻlovchilar tashish paromlari birlashtirib turadi. 1868-yildan metropoliten ishlab turibdi.

New Yorkda 6 universitet, 40 dan ortiq kollej, FA va boshqa akademiyalar, institutlar, yirik kutubxonalar, muzeylar, 70 dan ortiq teatr binolari, Filarmoniya zali, konservatoriya, konsert zallari va boshqa bor.

New Yorkda italyanlar, yahudiy, xitoy va boshqa millatga mansub aholining koʻcha va kvartallari mavjud. Shahar 19-asr boshidan toʻgʻri burchakli reja asosida shakllana boshladi. 19-asr oʻrtalariga kelib, ulkan shaharga aylandi. Eng katta koʻchalardan biri — Brodvey (uzunligi 29 km). 19—20-asrlarda koʻp qavatli baland binolar qurila boshlandi. 20-asr oʻrtalariga kelib New York uzunligi 200 km keladigan va birbiri bilan tutashib ketgan ulkan shaharlar toʻdasiga aylandi. 17—18-asrlarda qurilgan binolardan ratusha (1803—12), Triniti-Chyorch cherkovi (1839—46), katta muhandislik insho-otlaridan Bruklin koʻprigi (1869—83) va boshqa saqlangan. Koʻp qavatli binolardan Empayr steyt bilding (102 qavat, 1930—31), BMT shtabkvartirasi binosi (1947—52), Xalqaro savdo markazi (2 ta 110 qavatli minora, balandligi 412 m; 1971—73; 2001-yil 11-sentabrda terrorchilar tomonidan portlatilgan) va boshqa yirik koʻpriklari: George Washington va Verratsano-Norrous. Muhim yodgorliklari: Ozodlik haykali va Vashington arki hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]