Vasiliy Utkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasiliy Utkin
Tavalludi 6-mart 1972-yil
Balashikha, Moskva viloyati
Vafoti 19-mart 2024-yil(2024-03-19)
(52 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR va Rossiya

Vasiliy Vyacheslavovich Utkin (ruscha: Василий Вячеславович Уткин; 6-mart 1972-yil – 19-mart 2024-yil) – rossiyalik sport muxbiri, muallif, „Futbol klubi“ telekoʻrsatuvining boshlovchisi, tele va radio boshlovchisi, koʻngilochar, aktyor va Rossiyaning Sports.ru sport veb-saytining ham egasi boʻlgan[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2010-yil 1-sentabrda NTV Plus sport kanallari bosh muharriri etib tayinlangan va Match TVga qayta tuzilmaguncha bu lavozimda ishlagan[2].

Utkin 2015-yilda Tina Kandelaki bilan ishlashdan bosh tortgach, Match TV telekanalini tark etgan[3][4]. 2020-yilda uning Rossiyadagi yomon boshqaruv haqidagi qarashlari teleboshlovchi Vladimir Solovyov tomonidan hujumga uchradi[5].

Utkin shuningdek, hayratlanarli xatti-harakatlari va bayonotlari bilan tanilgan, baʼzilari hatto xalqaro janjallarga sabab boʻlgan[6][7][8][9][10][11].

Utkin oʻz faoliyati davomida ikki marta, 2001 va 2019-yillarda ochiq fikrlari uchun hujumga uchragan. Ikkinchi hujum Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bilan bogʻlangan[12].

Aktyorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Utkin Kvartet I ning „Saylov kuni“ spektaklida va „Saylov kuni“ (2007) va „Saylov kuni 2“ (2016) filmlarida gubernatorlikka nomzod Igor Saplin rolini ijro etgan[13][14].

Egrisi FK[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Vasiliy Utkin Moskva havaskor futbol ligasining (HFL) shimoli-sharqiy hududidagi 3-divizionida oʻynaydigan „Egrisi“ (qadimgi Gruziya qirolligining nomi) havaskorlar jamoasining egasiga aylanadi[15]. Utkin AiF nashriga bergan interyusida quyidagilarni aytadi:

Ha, men bu klubni oʻz mablag'im evaziga qoʻllab-quvvatlayman. Albatta, men mashgʻulot oʻtkazmayman. Bizda yosh murabbiy bor. Jamoa asosan yoshlardan iborat. Ulardan baʼzilari talabalardir. Bizning darvozabon esa, IT-biznes sohasi bilan shugʻullanadi. Biz ataylab futbolchilarga maosh toʻlamaymiz – hamma bir gʻoya uchungina oʻynaydi. Ammo ularda sifatli mashgʻulotlar uchun zarur boʻlgan hamma narsa mavjud. Jamoa 3-diviziondan 2-ligaga oʻtayotgan vaqtda jamoa bilan shugʻullanishni boshladim. Bu yil esa biz 1-diviziondamiz, u yerda yirik hisobda peshqadamlik qilmoqdamiz. Maqsad oliy havaskorlar ligasiga chiqish va u yerda pullik oʻyinchilarsiz va sobiq profissional futbolchilarsiz gʻalaba qozonish mumkinligini koʻrsatish. Nima uchun menga klub kerak edi? Birinchidan, men endi yoshlar qanday musiqa tinglashini bilaman. Ikkinchidan, bu juda qiziqarli faoliyat.

—Vasiliy Utkin[15]

2018-yil yozda Utkin jamoani ushlab turish uchun 1,5 million rubl sarflaydi. Ushbu mablagʻ uskunalar, liga toʻlovlari, maydonlarni ijaraga olish, hakamlar xizmatlari va boshqalarga sarflangan[15].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasily Utkin 2024-yil 19-mart kuni 52 yoshida[16] Moskvadagi Pirogov kasalxonasida vafot etdi[17]. Oʻlimning dastlabki sababi oʻpka emboliyasi edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Unitology: General Director Sports.ru Dmitry Navosha“ (2009-yil 4-avgust). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-dekabr.
  2. Utkin appointed chief editor of sports channels NTV-Plus // televesti.ru, 31.08.2010
  3. Vasiliy Utkin otkazalsya rabotat pod rukovodstvom Kandelaki
  4. „«Несчастный, расплывшийся человек» – Соловьёв ответил на слова Уткина“.
  5. „«Несчастный, расплывшийся человек» – Соловьёв ответил на слова Уткина“.
  6. Sports commentator Utkin gave rise to an international scandal said that he would like every day to dip Lukashenko in the toilet
  7. Vasily Utkin: Find matching those of my recent replicas to the current BATE absurd
  8. Lenta.ru Russia: the Right message
  9. „Utkin grabbed a glass of vodka and splashed me in the face“. Sports.ru (2013-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 26-iyun.
  10. NTV Plus defended Utkin from the Terek
  11. Utkin nicknamed FC Astana as „Fart-Woodpeckers“
  12. Jurnalist Utkin rasskazal o napadenii na nego v Moskve
  13. Actors at the official Kvartet I website (in Russian)
  14. Vasiliy Utkin at IMDb
  15. 15,0 15,1 15,2 „Как Василий Уткин стал владельцем футбольного клуба?“. aif.ru. Аргументы и Факты (2019-yil 20-aprel). Qaraldi: 2-aprel.
  16. Umer sportivniy jurnalist Vasiliy Utkin (ruscha)
  17. „Умер Василий Уткин“. meduza.io. Meduza (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 19-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]