Aleksey Navalniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Aleksey Anatoliyevich Navalniy
Alexey Navalny (cropped) 1.jpg
Russia of the Future logo.svg
 «Kelajak Rossiyasi» partiyasi raisi
Mansabda
2019-yil 28-mart — 
Oʻtmishdoshi Ivan Jdanov(«Kelajak Rossiyasi» partiyasi Markaziy Kengashi kotibi sifatida)
Rossiya Muxolifati Muvofiqlashtirish Kengashi a'zosi
Mansabda
2012-yil 22-oktyabr — 2013-yil 19-oktyabr
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-iyun 1976-yil(1976-06-04)
[[ Butin, Odintsovskiy tumani[1][2],
Moskva viloyati,
RSFSR, SSSR]][[Turkum: Butin, Odintsovskiy tumani[1][2],
Moskva viloyati,
RSFSR, SSSRda tugʻilganlar ]],
Turmush oʻrtogʻi Yuliya Borisovna Navalnaya[3]
Bolalari qizi Daria Alekseevna Navalnaya
oʻgʻli Zaxar Alekseevich Navalniy
Onasi Lyudmila Ivanovna Navalnaya
Otasi Anatoliy Ivanovich Navalniy
Mukofotlari Serebryanaya knopka YouTube, kotoroy nagrajdayut za dostijeniya kanalom otmetki v 100 000 (sto tisyach) podpischikov ili bolee Zolotaya knopka YouTube, kotoroy nagrajdayut za dostijeniya kanalom otmetki v 1 000 000 (odin million) podpischikov ili bolee
Imzosi
Vebsayti navalny.com

Aleksey Anatolyevich Navalniy (rus. Алексе́й Анато́льевич Нава́льный; 4-iyun, 1976, Butin qishlogʻi, Odinsovo tumani,[1][2] Moskva viloyati, SSRI[4][5][6]) — rossiyalik siyosat va jamoat arbobi,[1][2] yurist,[7] invest-faol,[8][9] Aeroflot kompaniyasi direktorlar kengashi sobiq aʼzosidir.[10] Rossiyada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mustaqil nodavlat arboblardan.[9][11][12] RosPil, RosYama, RosJKX kabi qator antikorrupsiya loyihalarini yaratgan. Navalniy Rossiya parlamentida koʻpchilikni tashkil etuvchi Birlashgan Rossiya partiyasini keskin tanqid qilib, unga internetda keng tarqab ketgan „muttaham va oʻgʻrilar partiyasi“ (rus. «партия жуликов и воров») degan laqab qoʻydi.[13] 18-iyul kuni Kirov shahrining Lenin tumani sudi 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi.[14] Sud hukmining ertasiga chetga ketmaslik toʻgʻrisidagi tilxat bilan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. [15]

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navalniy kelib chiqishi rus-ukrain boʻlib,[16] otasi Anatoliy Navalniy Ukrainaning Kiev viloyatida, Ivankiv tumanidagi Zalissiya qishlogʻida tugʻilgan. Aleksey Navalniy Moskvadan 100 km janubi-gʻarbda oʻsgan boʻlsa-da, yozgi taʼtilda Ukrainaga, buvisining uyiga borib turar edi.[16][17]

Navalniy 1998-yili Rossiya Xalqlar Doʻstligi Universiteti huquqshunoslik boʻlimini bitirdi. Keyin u Rossiya Federatsiyasi Hokimiyati qoshidagi Moliya Universitetida oʻqidi.[18][19]

2000-yili Navalniy „Yabloko“ siyosiy partiyasiga qoʻshildi.[20] 2004-yilda u „Moskvaliklarni himoyalash qoʻmitasiga“ asos solib, moskvaliklarning huquqlarini himoya qilish, qurilish korrupsiyasiga qarshi kurashish bilan shugʻullandi.[21]

Sud ishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk bora, 2011-yilning may oyida, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasiga (firibgarlik yoʻli bilan ishonchni sui’stemol qilish orqali mulkka zarar yetkazish) asosan Navalniyga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

2012-yilning 31-iyulida RF JKning 160-moddasining (katta miqdordagi oʻzgalarning mulkini oʻzlashtirish yoki talon-taroj qilish) qator bandlariga asosan yangi ayblovlar eʼlon qilindi. [22][23].

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 2009-yil may-sentyabr oylarida Kirov viloyati gubernatori maslahatchisi sifatida ishlagan vaqtida Navalniy, „Vyatskaya lesnaya kompaniya“ MChJ direktori Pyotr Ofitserov va „Kirovles“ bosh direktori Vyacheslav Opalev bilan til biriktirib, 10 ming kubometrdan ortiq oʻrmonni talon-taroj etilishini tashkillashtirgan.

Shuningdek, Aleksey Navalniy Kirov viloyati gubernatori maslahatchisi lavozimida ishlagan payti(2009-yil))da 510 ming dollarni noqonuniy oʻzlashtirganlikda ayblangan.

Navalniy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi boʻlib kelgan va oʻziga nisbatan qoʻyilgan ayblovlarni Putinning oʻch olishi, deya baholagan.

Sud qarori[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 6-dekabr kuni sud zalida

Navalniy 2013-yil 18-iyulida Kirov shahri Lenin tuman sudi qarori bilan „Kirovles“ davlat kompaniyasi mulkini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi[24] va besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.[25][26][27]

Aleksey Anatolevich Navalniyni Rossiya Jinoyat Kodeksining 2011-yil 7 mart kungi tahriridagi 33-moddasi 3-qismi va 160-moddasi 4-qismida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topishga qaror qilindi. Unga besh yillik qamoq jazosi berilishi, qamoq muddatini oʻtab boʻlgach ozodligini cheklamaslik hamda davlat foydasiga 500 ming rubl miqdorida jarima undirishga hukm qildi. Qamoq jazosi umumiy rejimdagi koloniyada oʻtashi belgilandi.

Navalniy sud qarori eʼlon qilinishidan bir kun avval Moskva merligiga nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan edi. Navalniyning saylov shtabi bergan maʼlumotga koʻra, uning nomzodi saylovlardan olingan. [28]

Navalniyning qamalishi haqidagi sud hukmi ortidan Moskva, Sankt Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida tinch norozilik aksiyalari boʻlib oʻtdi.[29]

19-iyul kuni Kirov viloyati sudi Aleksey Navalniy va Pyotr Ofitserovga nisbatan tanlangan jazo chorasi yuzasidan Kirov viloyati prokuraturasi bergan shikoyatni koʻrib chiqdi. Prokuror ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish jazosi vaqtidan ilgari qoʻllanildi, deb hisoblagan va chetga ketmaslik toʻgʻrisidagi tilxat bilan shartli ravishda Aleksey Navalniy ozodlikka chiqarildi. [30]

Navalniy Live Journaldagi shaxsiy blogida „Narsalaringiz bilan ozodlikka“ — jumlasini eshitib xayron qolganini taʼkidlab, oʻz tarafdorlariga rahmat aytdi va faoliyatini davom ettirishini bildirdi. [31]

Soʻnggi soʻz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hukm oʻqilayotgan paytda Navalniy sud zalidan Twitter orqali xabarlar yozib turdi. Qoʻliga kishan solinishidan avval yozgan soʻnggi xabarida "Mayli. Mensiz zerikib qolmanglar. Eng muhimi bekorchilik qilib oʻtirmang. Neft quvuri ustidagi qurbaqa undan oʻz xohishiga koʻra tushib ketmaydi" — deb yozdi.[32]

Munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQShning Rossiyadagi elchisi Michael McFaul oʻz Twitter sahifasi orqali sud hukmiga munosabat bildirdi: "Navalniyning aybdor deb eʼlon qilinishidan va ayblovlar siyosiy motvilarga asoslanganiga ishora qiluvchi omillardan chuqur tashvishdamiz", deya yozdi elchi.[33]

Yevropa Ittifoqi bayrogʻi Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosat masalalari boʻyicha komissari Catherine Ashton Navalniy va Ofitserov ustidan oʻqilgan hukm munosabati bilan bayonot eʼlon qilib, "ularga qarshi ayblovlar sud davomida asoslanmadi", deya taʼkidladi. "Protsessual kamchiliklar inobatga olingan holda, yakuniy natija Rossiyada qonun ustuvorligi borligiga oid shubhalarni uygʻotadi", deyiladi yana bayonotda.

Inson huquqlari tashkilotlari ham sud hukmini qoraladi. Amnesty International⅓ tashkiloti Moskva boʻlimi rahbari Sergey Nikitin Navalniyga qarshi chiqarilgan hukm "Rossiyada inson huquqlariga oid vaziyat yomonlashayotganini koʻrsatadi, " deya taʼkidladi.

Rossiyadagi nufuzli inson huquqlari tashkiloti hisoblangan „Memorial“ markazi direktori Aleksandr Cherkasov hukmni "siyosiy motivlarga asoslangan, " deb atadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „НАВАЛЬНЫЙ Алексей Анатольевич“. Kommersant.ru. Kommersant nashriyot uyi. 29-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-Dekabr 2011-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „О Навальном“. Официальный сайт Алексея Навального. 29-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-Dekabr 2011-yil.
  3. Svedeniya o doxodax za 2012 god i ob imuщestve zaregistrirovannix kandidatov na doljnost Mera Moskvi, ix suprugov i ix nesovershennoletnix detey[sayt ishlamaydi]
  4. „Алексей Навальный — биография, фото, факты, новости“(rus.). Ведомости. 10-Iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-Iyul 2013-yil.
  5. „Навальный, Алексей — российский общественный деятель“(rus.). Лента.ру. 10-Iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-Iyul 2013-yil.
  6. „Алексей Навальный. Биография“(rus.). Аргументы и факты. 10-Iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-Iyul 2013-yil.
  7. „Алексей Навальный на сайте адвокатской палаты г. Москвы“. 16-Aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  8. „Инвест-активизм. Что это такое?“. 17-Aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  9. 9,0 9,1 „Навальный, Алексей“. Lenta.ru. Rambler Media Group. 29-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-Dekabr 2011-yil.
  10. Sobstv. korr. „Навальный займется в «Аэрофлоте» бонусами и аудитом“. 17-Aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. // lenta.ru. — 2012. — 27 iyulya.
  11. Ioffe, Julia. „Net Impact“. The New Yorker. Condé Nast Publications. 29-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-Dekabr 2011-yil.
  12. Волков, Денис. „Блогер полпроцента“. Газета.Ru. СУП (28 марта 2011). 29-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-Dekabr 2011-yil.
  13. „А. Навальный вошел в топ-30 «глобальных мыслителей» современности“. РосБизнесКонсалтинг (29 ноября 2011). 29-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-Dekabr 2011-yil.
  14. Moskva merligiga nomzod Aleksey Navalniy besh yilga qamaldi, archived from the original on 2013-07-21, https://web.archive.org/web/20130721150200/http://kun.uz/2013/07/18/navalny/, qaraldi: 2013-07-19 
  15. Aleksey Navalniy qamoqdan ozod qilindi, archived from the original on 2013-08-26, https://web.archive.org/web/20130826034252/http://kun.uz/2013/07/19/navalny-2/, qaraldi: 2013-07-19 
  16. 16,0 16,1 Sergei Hrabovsky. „Олексій Навальний як дзеркало російської революції“(aniqlanmagan). day.kiev.ua. 14-Yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  17. „АЛЕКСЕЙ НАВАЛЬНЫЙ“(aniqlanmagan). esquire.ru. 20-Iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  18. „Alexei Navalny“ (28-fevral 2012-yil). 4-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  19. Guy Faulconbridge. „NEWSMAKER-Protests pitch Russian blogger against Putin“. Reuters (11-dekabr 2011-yil). 11-Sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  20. „Navalny, Alexey Anatolich“(aniqlanmagan). Kommersant. 4-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-dekabr 2011-yil.
  21. „About Navalny“(aniqlanmagan). navalny.ru. 5-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-dekabr 2011-yil.
  22. „Алексею Навальному предъявлено обвинение в организации растраты имущества государственного унитарного предприятия «Кировлес»“. СК РФ (30-Iyul 2012-yil). 29-Avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-Iyul 2012-yil.
  23. „Алексея Навального хотят лишить адвокатского статуса. Финам FM 24.10.12“. 13-Fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  24. „Навальный приговорен к пяти годам лишения свободы“(rus.). Лента.ру (18-Iyul 2013-yil).
  25. „Суд приговорил Навального к пяти годам колонии“(rus.). РИА Новости (18-Iyul 2013-yil).
  26. „Суд приговорил Навального к пяти годам в колонии общего режима“(rus.). Аргументы и факты (18-Iyul 2013-yil).
  27. „Алексей Навальный приговорен к 5 годам лишения свободы — видео оглашения приговора“(rus.). YouTube (18-Iyul 2013-yil).
  28. „Москва мэрлигига номзод Алексей Навальний беш йилга қамалди“. Kun.uz (18-Iyul 2013-yil). 21-Iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-Iyul 2013-yil.
  29. Gʻarb Navalniy ustidan oʻqilgan hukmni tanqid qilmoqda
  30. Aleksey Navalniy qamoqdan ozod qilindi, archived from the original on 2013-08-26, https://web.archive.org/web/20130826034252/http://kun.uz/2013/07/19/navalny-2/, qaraldi: 2013-07-19 
  31. i snova zdravstvuyte
  32. Twitter mikroblogidagi post
  33. Jonli video: Navalniy tarafdorlari namoyishga chiqdi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]