Novaya Zemlya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Novaya Zemlya.svg

Novaya zemlyaShim. Muz okeanidagi arxipelag. Barens va Karadengizlari orasida, RF Arxangelsk viloyati tarkibida. Matochkin Shar boʻgʻozi (eni 2–3 km) ajratib turadigan 2 katta orol — Shimoliy va Janubiy orollardan va bir kancha mayda orollardan tarkib topgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa taxminan 1000 km choʻzilgan. Maydoni 83 ming km² dan ziyod. N.Z. Ural-Payxoy burmali oblastining shim. davomi hisoblanadi. Paleozoy davrining yotqiziqlaridan tarkib topgan. Muzlik, delyuviy, dengiz, torf-botqoq yotqiziqlari keng tarqalgan. Eng baland joyi 1547 m. Hamma joyda koʻp yillik toʻngib yotgan muzloq yerlar bor. Iqlimi dengiz ark-tika iqlimi, sovuq. Kishi uzok, va so-vuq (—40° gacha), kuchli shamol (tezligi 40–50 m/sek) va boʻronlar boʻladi. Avg.ning oʻrtacha temperaturasi shim.da 2,5°dan jan.da 6,5°gacha. Yiliga 300–600 mm yogʻin tushadi. Muzning qalinligi 300 m dan ortiq. Orollarning bir qismi tundra zonasida. Koʻp joylar botqoq. Yoʻsinlishaynik oʻsadi. Sut emizuvchilardan qutb tulkisi, lemming, shimol bugʻusi, oq ayiq; dengizlarda nerpa, dengiz quyoni, Grenlandiya tyuleni, morj, beluxa, treska, seld bor. Yezda qushlar uchib keladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil