Frans-Iosif Yeri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Frans-iosif yeri (ruscha: Земля Франца-Иосифа) - Barens dengizining shimolidagi arxipelag, Rossiya Federatsiyasiga qarashli. Maydoni 16,1 ming km². 190 ta oroldan iborat. Uch qismga boʻlinadi: sharqiy qismi boshqa orollardan Avstriya boʻgʻozi bilan ajralgan Vilchek Yeri (2059 km²), GreemBell o.lari (1708 km²) va boshqa; markaziy qismi — Avstriya boʻgʻozi bilan Britaniya kanali oraligʻida joylashgan orollar; gʻarbiy qismi — Britaniya kanalining gʻarbidagi orollar, butun arxipelagdagi eng katta Georg Yeri oroli (2900 km²) ana shu yerda. Arxipelag yuzasining 85% muzliklar bilan qoplangan, ular orasidan kryatoshlar chiqib turadi. Eng baland joyi (620 m) VinerNeyshtadt o.da. Orollar kum, gil va qumtoshlardan tuzilgan, bazalt qoplami keng tarqalgan. Oʻrtacha temperatura yanvarda —23°, —24°, iyulda 1,5°—0,2°. Yillik yogʻin shim.da 300 mm, jan.da 500 mm, qishda quyuq tuman, kuchli shamollar boʻladi. Oʻsimliklar kam (yoʻsin, lishayniklar). Sut emizuvchilardan oq ayiq, kamdankam qutb tulkisi uchraydi. Kush koʻp, asosan, arxipelagning jan.da "qushlar bozori" bor. F.I.Ye. qirgʻoklarida Grenlandiya tyuleni, nerpa, dengiz kuyoni, morj yashaydi. F. I.Ye.da qutb tunlari 125 kun, qutb kunlari 140 kun davom etadi. Qutb styasi, geofizika rasadxonasi bor.

F.I.Ye. 1873-yilda K. Vayprext va Yu. Payer boshchiligidagi AvstriyaVengriya ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan va AvstriyaVengriya imperatori FransIosif nomi bilan atalgan.