Razzoq Hamroyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Razzoq Hamroyev
Tavalludi 30-noyabr 1910-yil
Vafoti 5-may 1981-yil(1981-05-05)
(70 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq artisti (medali).jpgMedal Stalin Prize.pngUzbek orden rib.pngOrderredbannerlabor rib.pngXalqlar doʻstligi ordeniOrder badge of honor rib.png

Razzoq Hamroyev (1910.30.11 — Shofirkon tumani, Tezguzar qishlogʻi — 1981.5.5, Toshkent) — aktyor, rejissyor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1951). Xalq artisti (1973). Toshkentdagi Òlka Erlar bilim yurtini (1930), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1954). Namangan teatri asoschilaridan (1931). Namangan teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor, badiiy rahbar (1931—45). 1946-yildan Muqimiy teatrida aktyor, rejissyor, bosh rejissyor (1959—76), 1977-yildan rejissyor ayni vaqtda, 1954-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan, professor (1978-yildan). „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla)dagi Nozim, „Rustam“ (U. Ismoilov)dagi Rustamlar H.ning sahnada yaratgan ilk obrazlaridir. H. sahna va ekran navoiynomasining shakllanishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan „Farhod va Shirin“ musiqali dramasida Xusrav, Xoqon rollarini, „Navoiy“ (Oybek) dramasida Navoiy rolini ijro etgan. Shuningdek, uning teatr sahnasida yaratgan Ferdinand (F.Shiller, „Makr va muhabbat“), Pantalone (K. Gotssi, „Malikai Turondot“), Arslon (K.Yashin, „Tor-mor“), Muqimiy (S.Abdulla, „Muqimiy“), Hamza (Komil Yashin, A. Umariy, „Hamza“), Trufaldino, Kavaler (K.Goldoni, „Ikki boyga bir malay“, „Musofirxona bekasi“), Malvolio (Uilyam Shekspir, „Oʻn ikkinchi kecha“), Melivoy (H. Gʻulom, „Toshbolta oshiq“) kabi obrazlari ham mashhur.

H. oʻzbek kinosida ham chuqur falsafiy, hajviy, mazmunli obrazlar yaratdi: Nozim („Tohir va Zuhra“), Navoiy („Alisher Navoiy“), Xoʻja Nasriddin („Nasriddinning sargu-zashtlari“), Beruniy („Abu Ali ibn Sino“), Muqimiy („Furqat“), Mirzakarim qutidor („Oʻtgan kunlar“), Togʻa („Yoryor“), Toshtemir dorboz („Dorbozlar“), Ibn Iroq („Abu Rayhon Beruniy“), Jaʼfarbek („Jay-xun“), Rahimjon mirob („Mirzachoʻl“), Usmonboy („Xorazm afsonasi“), nomozov („Komandirning qaytishi“), Gʻofir („Seni kutamiz, yigit“) va boshqa shular jumlasidan. Aktyor ekranda yaratgan Alisher Navoiy obrazi sanʼatkor ijodida alohida oʻrin tutadi. Navo-iyni mutaffakkir shoir, xalqparvar davlat arbobi, sodiq doʻst sifatida yorqin gavdalantirdi, uning ichki kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkazdi, davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta isteʼdodini namoyish qildi. 1968-yil Muqimiy teatrida shoirning 525 yilligi munosabat bilan H. „Navoiy Astrobodda“ (I.Maxsumov; Yu.Rajabiy, S.Jalil) musiqali dramasini sahnalashtirib, oʻzi bosh rolni ijro etdi. Navoiyning baytugʻazallarini ajoyib talaffuzda maʼnoli, jarangdor, yuksak mahorat bilan va taʼsirchan oʻqish bilan obrazning taʼsir kuchini yanada oshirdi.

Uning rejissyor sifatida ayniqsa, musiqali drama janri taraqqiyotida xizmatlari alohida. „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Oltin koʻl“, „Nurxon“, „Makr va muhabbat“, „Mu-qimiy“, „Guli siyoh“, „Fargʻona tong otguncha“, „Toshbolta oshiq“ kabi H. rejissyorlik qilgan drama, kome-diya, musiqali drama kabi turli janrdagi spektakllar chuqur hayotiyligi, yuksak ijro saviyasi va teran gʻoyaviy mazmuni bilan ajralib turadi. U nafaqat Muqimiy teatrida balki respublikamizning viloyat teatrlarida ham koʻpgina spektakllar sahnalashtirgan.

Davlat mukofoti (1948), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari (1964, 1970) laureati. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil