Zvezda Vostoka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"ZVEZDA VOSTOKA" ("Sharq yulduzi") — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnali. Toshkentda rus tilida 3 oyda bir marta chiqadi. Muassislari — Toshkent matbaa kombinata, "Oʻqituvchi" nashriyoti, "Matbuot tarqatuvchi" Ochiq aksiyadorlik jamiyati. Jur. dastlab "Sovetskaya literatura narodov Azii" ("Osiyo xalklari sovet adabiyoti", 1932—34), "Literaturniy Oʻzbekiston" ("Oʻzbekiston adabiyoti", 1935—40), "Literatura i iskusstvo Oʻzbekistana" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati") nomlari bilan nashr etilgan. 1946 y.dan hozirgi nomda. "Z.V." oʻzbek adabiyotida yaratilgan eng yaxshi asarlarni, shuningdek, mahalliy rusiyzabon yozuvchilar, chet el yozuvchilarining asarlarini, adabiyot va sanʼatning muxim sohalariga bagʻishlangan adabiytanqidiy maqolalarni, Oʻzbekiston va butun Sharq tarixi, madaniyatiga oid ilmiy makrlalarni, esselarni, zamondoshlarimiz haqidagi ocherklarni va b.ni eʼlon qiladi. Jur.ga turli davrlarda M.I. Sheverdin, A.M.Ivanov, G.P.Vladimirov, V.A.Kostirya, S.P.Tatur, S. Madaliyev, N.N.Krasilnikov va b. muharrirlik qilishgan. Adadi 1500 ga yaqin (2002).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil