Yoqub Ahmedov
| Yoqub Ahmedov | |
|---|---|
|
Yoqub Ahmedov 2012-yilda | |
| Tavalludi |
3-yanvar 1938-yil |
| Vafoti |
30-oktyabr 2025-yil (87 yoshda) Toshkent |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Aktyor |
| Mukofotlari |
|
Yoqub Ahmedov (1938-yil 3-yanvarda Namangan, – 2025-yil 30-oktabr, Toshkent) – Sovet va O'zbek teatr - kino aktyori, dublyaj ustasi. SSSR xalq artisti (1991). O‘zbekiston SSR xalq artisti (1974)[1]. Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1959). 1958-yildan Hamza teatrida. Dastlabki yillar yaratgan Ali Qushchi (Maqsud Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“), Murod (Uygʻun, „Parvona“), Leyster (Fridrix Shiller, „Mariya Styuart“) kabi rollari bilan oʻz ijod yoʻlini belgilab oldi.
Ahmedov ijodi ijtimoiy va gʻoyaviy mazmunga toʻla, ufqi keng, koʻp qirrali. Qahramon hatti-harakatlarini toʻgʻri gavdalantirish bilan birga uning ruhini, tafakkur kuchini, fikr va hissiyotlar toʻlqinini, uning kayfiyatini, buyuk insoniy fazilatlarini ochishga intiladi.
Eng yaxshi rollari: Hakimboyvachcha (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Sakson Nurtoyevich (O. Jahonova, „Hazrati ayol“), Toʻlagan (A. Ibrohimov, „Puch“), Kayhisrav (S. Sirojiddinov, „Toʻmaris“), Alisher Navoiy (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Ikromjon (Said Ahmad, „Ufq“) va boshqalar.
Kinoda: Furqat („Furqat“), Amir Olimxon („Qora konsulning halokati“), Shayx Ismoil („Olovli yoʻllar“), Sultonali („Zulmatni tark etib…“), Ota („Ketma“), Aziz-bek, Yusufbek hoji ("Oʻtgan kunlar") kabi rollari bilan tanildi. Shuningdek, bir qancha videofilmlarda ham turli xarakterdagi kishilar obrazini yaratdi: Muhiddin (Odil Yoqubov, „Ulugʻbek xazi-nasi“), Rasul Olloyorovich (Oʻ. Usmonov, „Girdob“), Alisher Navoiy (Oybek, „Alisher Navoiy“), Sandro (Nodar Dumbadze, „Abadiyat qonuni“) va boshqalar. Alisher Navoiy obrazini Ahmedov oʻziga xos talqin etdi. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1997).
Yoqub Ahmedov shuningdek dublyaj ustasi sifatida 1200dan ortiq filmlar dublyajida ishtirok etgan.
1993- yildan 2012- yilgacha Oʻzbek milliy akademik drama teatri direktori.
2013-yildan umrining oxrigacha O'zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi lavozimlarida xizmat qilgan. Yoqub Ahmedov uzoq davom etgan oxir hastalikdan so'ng 2025- yilning 30-oktabrida Toshkent shahrida 87 yoshida vafot etdi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoqub Ahmedov aktrisa Klara Jalilova bilan turmush quradi va bir necha yildan soʻng ular ajrashishadi. Ularning Furqat Ahmedov ismli oʻgʻli bor[2][3].
- qizi Sitora Ahmedova 1992-yilda tavallud topgan – aktrisa va qoʻshiqchi. Faqat gʻalaba, Qaydasan, muhabbat, Ayriliq 2, Oʻzi uylanmagan sovchi filmilarida suratga tushgan. Fayoz guruhining „Mani tanla“ klipida suratga tushgan.
- qizi Nodira Abdullayeva (Ahmedova) – maktabda dars beradi va „Aslzoda“ kelin koʻylaklari saloni rahbari boʻlib ishlaydi. 2002-yilda Rixsitulla A.ga turmushga chiqqan.
- nabirasi: Tojirahmon Abdullayev, Aslzoda va Mohizoda.
- kuyovi Rihsitulla Abdullayev 1978-yil 5-aprelda Toshkentda tavallud topgan – oʻzbek kino va teatr aktyori.
- birinchi turmush oʻrtogʻi – aktrisa Jalilova Klara Alimadatovna. Ahmedov Furqat Yoqubovich oʻgʻli.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoqub Ahmedov 2025-yil 30-oktyabrda vafot etdi[4].
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 1958 | "Maftuningman" | |
| 1977 | "Shum bola (film)" | |
| 1989 | "Tangalik bolalar" | |
| 1991 | "Au! Ograblenie poezda" | |
| 1997 | "Oʻtgan kunlar (film)" | |
| 2003 | "Taqdir" | |
| 2004 | "Qalblar toʻlqini" | Yoʻldoshev |
| 2009 | "Qasd" | |
| 2010 | "Tahdid" | |
| 2014 | "Koʻrgim keladi" | |
| 2014 | "Xonadon egasi" | meditsina professori |
| 2016 | "Baron" | Izzatning otasi |
| 2016 | "Baron 2" | Izzatning otasi |
Serial
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 1998-2003 | "Shaytanat" | Xolid domla |
| 1998 | Charxpalak | Fatxulla |
| 2000 | "Sardor" | General |
| 2006 | "Maftuna" | |
| 2006 | "Qaytar dunyo" | Zargar |
| 2010 | "Hayot jilgʻalari" | |
| 2011 | "Fidoiylar" | Yoqub Azizov |
| 2015,2017 | "Mehmonxona" |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Ahmedov Yoqub". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.
- ↑ Rahimova, Feruza „Klara JALILOVA: Taqdirimdan minnatdorman…“. Qaraldi: 7-sentyabr.
- ↑
Video(oʻzb.) - ↑ „Yoqub Ahmedov vafot etdi“. Qaraldi: 2025-yil 30-oktyabr.
- 3-yanvarda tugʻilganlar
- 1938-yilda tugʻilganlar
- Namanganda tugʻilganlar
- 30-oktyabrda vafot etganlar
- 2025-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- SSSR xalq artistlari
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artistlar
- SSSR Davlat mukofoti laureatlari
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Sovet erkak aktyorlari
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari
- Dublyaj ustalari
- Oʻzbekistonlik dublyaj ustalari