Oʻqituvchi (nashriyot)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻqituvchi nashriyotidan yoʻnaltirildi)

"Oʻqituvchi" ilmiy-uslubiy nashriyot markazi (avvalgi nomlari: "Oʻqituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi) — Oʻzbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tizimidagi muassasa. „Oʻquvpeddavnashr“ nomi bilan 1936-yil tashkil qilingan (1950—59 yillarda yana shu nom bilan atalgan). 1941—49 yillarda Oʻzbekiston davlat birlashgan nashriyoti tarkibida boʻlgan. 1960-yildan Oʻzbekiston „Oʻrta va oliy maktab“ nashriyoti, 1964-yildan „Oʻqituvchi“ deb nomlangan. 2004-yil „Oʻqituvchi“ nashriyoti va Toshkent kitobjurnal fabrikasi negizida „Oʻqituvchi“ NMIU. tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining barcha turdagi umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari oʻquvchi va oʻqituvchilariga, shuningdek, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalariga, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlariga, ota-onalarga moʻljallangan adabiyotlar — darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, metodik adabiyotlar, turli xil lugʻat va maʼlumotnomalar, bolalar uchun turli adabiyotlar nashr etishdan iboratdir. „Oʻqituvchi“ NMIU.da 2004-yilda oʻrta umumiy taʼlim maktablari uchun 100 nomda 4 mln. 117 ming nusxa va oliy oʻquv yurtlari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun 51 nomda 834 ming nusxa darslik va oʻquv qoʻllanmalari chop etildi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]