Ibroxim Abduraxmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibroxim Abduraxmonov
Ibroxim Yulchiyevich Abduraxmonov
 1-Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
 
Mansab davri
2022-yil 30-dekabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
 1-Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri
 
Mansab davri
2017-yil 29-noyabr – 2022-yil 30-dekabr
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-fevral 1975-yil (1975-02-19) (48 yosh)
Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR
Taʼlim Oʻzbekiston milliy universiteti
Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universiteti
Ilmiy unvoni Akademik

Ibroxim Yulchiyevich Abduraxmonov[1] (1975-yil 19-fevral, G‘ovasoy, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik davlat arbobi va olim. 2012-yilda O‘zbekiston genomika va bioinformatika markaziga asos solgan. Paxta genomikasi va biotexnologiyasiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 2010 yilda TWAS va ICAC mukofotlarining sovrindori boʻlgan. 2017-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-yilda Xitoy xalqaro madaniy almashuvlar markazi (CICEC) hamda Global People oynomasining Ipak yo‘li do‘stlik elchisi unvoni bilan taqdirlanishga sazovor boʻlgan. 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlangan[2]. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi hamda Jahon Fanlar Akademiyasi aʼzosi[3][4][5].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibroxim Abduraxmonov 1975-yilning 19-fevralida Namangan viloyati, Chust tumani, G‘ovasoy qishlog‘ida tug‘ilgan.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) biotexnologiya fakultetini tugatgan. „Umid“ jamg‘armasi stipendiyasi sohibi. 2001-yilda Texas qishloq xoʻjaligi va mexanika universitetini (AQSh) o‘simliklar seleksiyasi bo‘yicha fan magistri darajasini tamomlagan, so‘ngra ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun O‘zbekistonga qaytib kelgan[6].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-1998-yillarda Genetika va eksperimental oʻsimliklar biologiyasi institutida kichik ilmiy xodim, aspirant boʻlib ishlagan. 2002-2012-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklarning eksperimental biologiyasi instituti Genomik texnologiyalar markazi laboratoriyasining loyiha menejeri[7]. 2002—2008-yillarda amerikalik olimlar bilan hamkorlikda paxta genomikasi boʻyicha tadqiqotlar bilan shugʻullangan. Bu tadqiqotlar natijasi yuqori sifatli, uzoq pog‘onali, serhosilva ertapishar, ildiz tizimi rivojlangan g‘o‘zanavlarini olishning gen-nokaut texnologiyasi bo‘ldi.

2008-yilda molekulyar genetika yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, biologiya fanlari doktor iilmiy darajasini olgan. 2011-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi molekulyar genetika va molekulyar biotexnologiya kafedrasi professori unvoni berilgan. Ibroxim Abduraxmonov 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, „O‘zpaxtasanoat“ uyushmasida yangi mustaqil tadqiqot markazi — Genomika va bioinformatika markazini tashkil etish jarayoniga rahbarlik qilgan va uning rahbari etib tayinlangan. 2016-yilda mazkur markaz O‘zbekiston Fanlar akademiyasining eng yirik ilmiy muassasasi hisoblangan.

2014-yil 26-oktyabrda Maskat shahrida Ibroxim Abduraxmonov Jahon Fanlar Akademiyasining aʼzosi boʻldi[8]. 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2017-yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga tayinladi[1][9]. Abduraxmonov rahbarligida „2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi“ va „2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi“ ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlandi. Prezidentning 2022-yil 7-iyuldagi farmoni bilan Ibroxim Abduraxmonov Paxtachilik kengashi raisi etib tayinlandi.

2022-yil oxirida O‘zbekistonda hukumat tarkibi qayta tuzildi. Prezident farmoni bilan Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi[10].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibroxim Abduraxmonov o‘simliklar genomikasi, germplazma xarakteristikasi, genetik xaritalash, marker seleksiyasi, transgenomika, proteomika va bioinformatika bo‘yicha tadqiqotlarga ixtisoslashgan. Abduraxmonovning bevosita rahbarligida dunyoda birinchi marta „muvozanatsiz bog‘lanish“ usuli yordamida g‘o‘zaning elitanavlarini ko‘paytirishda qo‘llaniladigan markerlar aniqlandi. O‘zbekistonda yetishtiriladigan g‘o‘zanavlarining molekulyar genetik pasportlari ham yaratildi.

Ibroxim Abduraxmonov Texas universitetiva AQSH Qishloq xoʻjaligi departamentidagi hamkasblari bilan hamkorlikda gʻoʻzagenlarini (RNK interferensiyasini) „oʻchirish“ hamda ushbu texnologiyani amaliyotda qoʻllash texnologiyalarini ishlab chiqdi. Ushbu gen-nokaut texnologiyasi yordamida yuqori sifatli, uzoq pog‘onali, serhosilva ertapishar, ildiz tizimi rivojlangan g‘o‘zanavlari olindi[11][12][13].

U quyidagi loyihalar garahbarlik qilgan: „O‘zbekiston paxta germplazmasi resurslaridan foydalangan holdatolahosi ldorligi va sifat genlarini molekulyar xaritalash“, „G‘o‘za fitoxromlari va gullash genlarini xarakterlash va molekulyar xaritalash“, „Fuzarioz vilti kasalligining miqdoriy belgi gen/lokuslarining molekulyar tavsifiva assotsiatsiyasi“ kabi loyihalarga rahbarlik qildi va yaxshilangan g‘o‘za germplazmasini ishlab chiqish" va „G‘o‘za germplazmasining o‘tnematodasi, fusarium vilti kasalligi gaqarshi potentsial chidamliligini baholash va nomzod gen markerlarini ishlab chiqish“.

Professor Abduraxmonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining biologiya, qishloq xo‘jaligi fanlari va veterinariya yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy unvonlar berishni muvofiqlashtiruvchi va attestatsiyadan o‘tkazuvchi Ijroiya qo‘mitasi aʼzosi hisoblanadi. U, shuningdek, Xalqaro paxta genomi tashabbusi (ICGI) va Xalqaro paxta tadqiqot assotsiatsiyasi (ICRA) Ijroiya qo‘mitasi aʼzosi.

Bugungi kunda u o‘simlikshunoslik bo‘yicha bir qancha xalqaro va milliy jurnallarning tahririyat kengashi aʼzosi, masalan, American Journal of Plant Sciences, Plant Genomics, Integrated OMICS, Technologies of 21st Century vaboshqalar.

Toshkent agrar universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti talabalari uchun molekulyar genetika, genetik muhandislik, biotexnologiya va inson genetikasi bo‘yicha maxsus kurs olib boradi. Oliy oʻquv yurtlarida bakalavriat talabalari ishiga rahbarlik qilgan, bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga maslahatlar bergan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1998-yil — Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti taʼlim olishi uchun „Umid“ jamg‘armasi stipendiyasi.
  • 2004 va 2006-yillar — ISTEʼDOD jamg‘armasining xorijda tahsil ola-yotgan mutaxassislar uchun o‘tkazilgan konferensiyalarda faol ishtirok etgani uchun birinchi darajali diplomi.
  • 2010-yil — Qishloq xo‘jaligidagi fundamental tadqiqotlar va paxta genomining genetik xilma-xilligiga qo‘shgan hissasi uchun TWAS Xalqaro Fanlar Akademiyasi mukofoti.
  • 2010-yil — „Ko‘krak nishoni“ hukumat mukofoti.
  • 2010-2013-yillar Paxta genomikasi va biotexnologiyasiga qo‘shgan hissasi uchun Xalqaro Paxta Maslahat Qo‘mitasi (ICAC) tomonidan Yilning eng yaxshi paxta tadqiqotchisi[14][15].
  • 2016-yil — mamlakatimiz fan va texnika sini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun „O‘zbekiston mustaqilligiga 25-yil“ ko‘krak nishoni.
  • 2018-yil — „Elsevier“ ilmiy nashriyoti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vazirligi hamkorligida taqdirlangan „Qishloq xo‘jaligining eng yaxshi olimi“ SCOPUS AWARD-2018[16].
  • 2021-yil — O‘zbekiston Respublikasida fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi islohotlarga qo‘shgan ulkan hissasi uchun „Xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator“ hukumat mukofoti.
  • 2021-yil — „O‘zbekiston mustaqilligiga 30-yil“ ko‘krak nishoni, mamlakatimizda fan va texnika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun.
  • 2022-yil — Xalqaro ilmiy tashkilotlar ittifoqi (ANSO), Xitoy xalqaro madaniy almashinuv markazi (CICEC) va Xalqaro xalq jurnali (GPM) tomonidan xorijiy mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Ipak yoʻli doʻstlik elchisi“ mukofoti[17].
  • 2023-yil — UNESCOning tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha xalqaro mukofoti sohibi[18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirigi (Rahbariyat)“.
  2. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI“.
  3.  Davletov(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  4.  PMX(oʻzb.) Telegram mesenjerida
  5. „Prezident farmoni bilan 17 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 30-dekabr 2022-yil.
  6. „administraciya“.
  7. https://twas.org/article/twas-announces-2010-prize-winners
  8. https://twas.org/directory/abdurakhmonov-ibrokhim
  9. arxiv nusxasi, 2021-04-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-14
  10. „В Узбекистане утверждён новый состав правительства (список)“ (2022-yil 30-dekabr).
  11. https://web.archive.org/web/20171225074854/http://paxtasanoatilm.uz/ru/ibroxim-abduraxmonov-direktor-centra-genomiki-i-bioinformatiki-pri-akademii-nauk-ministerstve-selskogo-i-vodnogo-xozyajstva-i-associacii-uzpaxtasanoat-stal-chlenom-vsemirnoj-akademii-nauk/
  12. https://science.tamu.edu/news/2014/01/texas-am-biologist-former-student-develop-a-longer-stronger-cotton-fiber/
  13. https://geneticliteracyproject.org/2014/01/21/gene-technology-develops-longer-stronger-cotton-fiber/
  14. https://www.cottongrower.com/cotton-news/researcher-from-uzbekistan-honored-by-icac/
  15. https://web.archive.org/web/20210414123657/https://twas.org/directory/abdurakhmonov-ibrokhim
  16. https://www.univ-silkroad.uz/ru/news/novosti-universiteta/item/34-samye-luchshie-uchjonye-uzbekistana-nagrazhdeny-premiej-scopus
  17. https://uzdaily.uz/ru/post/69468
  18. „UNESCO-Equatorial Guinea International Prize for Research in the Life Sciences“ (inglizcha). unesco.org. Jibuti, Equatorial Guinea: UNESCO Prizes. Qaraldi: 11-mart 2023-yil.