Toshkent agrar universiteti
Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU, TSAU, ТГАУ) | |
---|---|
![]() | |
Asl nomi | Toshkent davlat agrar universiteti |
Xalqaro nomi | Tashkent state agrarian university |
Asos solingan | 1930 |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich |
Talabalari | 11,000+ |
Bakalavriat | 25 ta yoʻnalish |
Magistratura | 24 ta mutaxassislik |
Akademiklar | 1 ta |
Fan doktorlari | 16 ta |
Professorlar | 16 ta |
Manzili | Universitet ko'chasi 2 uy, Toshkent, 100020, Oʻzbekiston |
Vebsayti | www.tdau.uz |
Koordinatalari: 41°21′43.999991999999″N 69°20′26.000015999995″E / 41.36222221999999960°N 69.34055555999999854°E G O
Toşkent agrar universiteti — qishloq xoʻjaligi. uchun mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan. 1930 yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi, bu institut 1934—91 yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi, 1991 yilning aprelda Toshkent davlat agrar universitetiga aylantirildi.
Universitetda (2004): agronomiya, agrokimyo va tuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi; mevasabzavotchilik va oʻrmon xoʻjaligi; zoomuhandislik va ipakchilik; iktisodiyot; buxgalteriya hisobi; kasbiy taʼlim; sirtki taʼlim; magistratura ftlari, 35 kafedra faoliyat koʻrsatdi, muzey (1980), ilmiy kutubxona (1 mln. dan ortiq asar), qishloq xoʻjaligi. kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi bor. 32 ga haydaladigan yer va 1 ga issikxona maydoni boʻlgan oʻquvtajriba xoʻjaligi, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanida 2480 ga haydaladigan yer, 4 ga issiqxona maydoni, chorvachilik fermasi va boshqa ishlab chiqarish. obʼyektlari boʻlgan oʻquvtajriba xoʻjaligi; agroekologiya ilmiy markazi, biotexnologiya laboratoriya, etnomofaglarni koʻpaytirish boʻyicha biolaboratoriya, fungimarkaz kabi ilmiy ishlab chiqarish., tadbirkorlikilmiy boʻlinmalar faoliyat koʻrsatadi. 1992 yilda bakalavriat boskichida mutaxassislar tayyorlaydigan Nukus filiali tashkil etilgan. 2003/04 oʻquv yilida 5321 talaba, shu jumladan, kunduzgi boʻlimda 3047, sirtki boʻlimda 2040 bakalavr, 236 magistr talabalar oʻqidi, 457 professoroʻqituvchi, shu jumladan, 53 fan doktori va 166 fan nomzodi ishladi.
Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Agrobiologiya
- Agrologistika va biznes
- O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik
- Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
- Ipakchilik va tutchilik
- O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn
Unt faoliyati P.P. Shreder, N.R. Dimo, B.C. Maligin, V.V. Yaxontov, N.G. Zaprometov, S. N. Animuxamedov, RA Olimjonov, M.A. Pankov, AM. Shleyxer, AI. Avtonomov, Ye.N. Mixaylov, V.A. Shchekin, A. A. Roʻbakov, A V. Gvozdikov, M.B. Doshchanov, M.Baxodirov, P. V. Protasov, A. I. Imomaliyev, V.I. Zuyev, E.T. Shayxov,B.A.Sulaymonov kabi olimlar nomlari bilan bogliq. Unt tashkil topganidan beri qx fani va ishlab chiqarish.ning turli tarmoqdari uchun 55 mingdan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Unt qishloq xoʻjaligi taʼlimi muassasalari va i.tlar boʻyicha Jahon konsorsiumi aʼzosi, xorij mamlakatlarining 37 ta universiteti va 6 ilmiy tadqiqotlar instituti bilan xamkorlik kiladi.