Fuzariozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fuzariozlar — Fusarium avlodiga mansub takomillashmagan zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Tuproqda va oʻsimlik qoldigʻida saqlangan zamburugʻ oʻsimlikka ildiz tizimi va poyaning pastki qismi orqali kiradi. Zararlangan urugʻ va koʻchatlar ham kasallik manbai boʻlishi mumkin. Ingichka tolali gʻoʻza (fuzarioz vilt), kanop, karam, qovoq, mosh, loviya, noʻxat, kartoshka, pomidor, baqlajon va boshqa ekinlarning F.i, galla ekinlari va dukkakli don ekinlarini zararlaydigan fuzariozli ildiz chirishi, donli ekinlar boshoqlari F.i, makkajoʻxori soʻtasi F.i, kuzgi bugʻdoy, javdar, koʻp yillik qoʻngʻirbosh oʻtlar Fuzariozlar yoki oq mogʻori ayniqsa xavfli.

Kurash choralari: almashlab ekish, kasallikka chidamli navlarni ekish, oʻsimlik qoldiqlarini yigʻishtirib olish, urugʻlikni tozalash, saralash, quritish, qizdirish, dorilash, yerga fungitsidlar bilan ishlov berish, sogʻlom urugʻlik va koʻchatlardan foydalanish, fosforkaliy oʻgʻitlarni koʻp miqdorda qoʻllash.