Kontent qismiga oʻtish

Odil Abdurahmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Odil va familiyasi Abdurahmonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Odil Qalandarovich Abdurahmonov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti direktori
Mansab davri
25-avgust 2023 – Hozirgacha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi
Mansab davri
2022-yil 25-avgustdan – 25-avgust 2023
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdujabbor Abduvohidov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-fevral 1978-yil (1978-02-06) (47 yosh)
Toshkent
Maʼlumoti Oʻzbekiston milliy universiteti

Odil Qalandarovich Abdurahmonov (1978-yil 6-fevral, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili. 2025-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Oʻzbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasi raisi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida bosh konsultant, Bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan hozirgacha Toshkent davlat transport universiteti rektori[2], 2022-yil 25-iyuldan boshlab – Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi[3][4][5][6][7][8][9].