Toshkent farmatsevtika instituti
Toshkent farmatsevtika instituti (TFI) | |
---|---|
Asl nomi | Toshkent Farmatsevtika Instituti |
Xalqaro nomi | Toshkent Pharmaceutical Institute |
Asos solingan | 1937 |
Oʻquv yurti turi | Institut |
Rektori | K.S.Rizaev |
Talabalari | 3500+ |
Fakultetlar | 4 ta |
Bakalavriat | 6 ta yoʻnalish |
Magistratura | 5 ta mutaxassislik |
Professorlar | 45 ta |
Manzili | Toshkent shahri, Oybek koʻchasi, 45, 100015, Oʻzbekiston |
Vebsayti | www.pharmi.uz |
Koordinatalari: 41°17′52.000007999989″N 69°16′32.000016000003″E / 41.29777777999999699°N 69.27555556000000081°E G O
Toshkent farmatsevtika instituti — oliy maʼlumotli farmatsevtlar, sanoat farmatsiyasi uchun muxandis texnologlar, farmatsevt pedagoglar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1937-yilda tashkil etilgan. Institutda 3,500 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar.
Institut haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- FARMATSIYA FAKULTЕTI
- SANOAT FARMATSIYASI FAKULTETI
- FARMATSEVTLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETI
- QO'SHMA FAKULTETI
Professor-oʻqituvchilar tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019 yilga kelib institutning 18 ta kafedrasida jami 252 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatib, ularning 45 nafari professor va fan doktorlari, 164 nafar fan nomzodlari va dotsentlaridir. Bugungi kunda institut ilmiy salohiyati 49 % ni tashkil etadi.
Bugunga kelib tayanch doktoranturada (PhD) 10 ta, doktoranturada (DSc) 2ta hamda 31 ta mustaqil izlanuvchilar ta’lim olishmoqda. 2019-yilda institut xodimlari tomonidan 1 ta doktorlik va 4ta Phd dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Institut tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Farmatsevtika sanoati bugungi kunda mamlakatimizda jadal rivojlanib kelayotgan sohalardan biridir. Institut farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun har yili 300 dan ziyod kadrlarni xalq xoʻjaligiga etkazib bermoqda. Institutimizda 4 ta fakultet bakalavriatura va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlamoqda. Institutda Farmatsiya, Qo'shma fakultet, Sanoat farmatsiyasi va Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida 11 mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Institut Umumjahon sog'liqni saqlash tashkilotining Yevrobo'limi bilan Markaziy Osiyo davlatlari uchun farmatsevtika taʼlimini isloh qilish boʻyicha maxsus loyihada Rossiya, Qozog'iston, Ukraina, Pokiston, Hindiston, Xitoy oily oquv yurtlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qililinmoqda.
Institut ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Institutning yuqori ilmiy salohiyatini e’tiborga olib, ilmiy izlanishlarni ta’lim yoʻnalishlariga toʻliq mos kelgan holda farmatsiyaning quyidagi asosiy yoʻnalishlariga qaratilmoqda:
Mahalliy dorivor oʻsimliklar va koordinatsion birikmalar asosida mukammal dori vositalari yaratish va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish. Amaliyotga joriy etilgan generik dori vositalarini yangi takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqish. Farmatsevtik va toksikologik tahlil usullarini takomillashtirish. Oʻzbekistonda qayd etilgan dori voitalari va tibbiy buyumlarning marketing va farmakoiqtisodiy tahlili. Fiziologik faol moddalar va biologik faol qoʻshimchalarning farmako-toksikologiyasini oʻrganish. Institut olimlari olib borgan izlanishlar natijalari asosida 2017-yilda e’lon qilingan ishlar soni 709 boʻlib, shulardan 222 ta maqola va 487 ta tezislar, 4 ta monografiya, 7 ta uslubiy qoʻllanma chop etildi, 10 ta ihtironi qayd qilish uchun intellektual mulk agentligiga talabnoma topshirildi. Institut xodimlari tomonidan 2 ta patent olindi, 8 ta patentning amal qilish muddati davom etmoqda.
Instituda bajarilayotgan tadqiqot ishlarining innovatsion ishlanmalar bilan yakunlanishiga alohida ahamiyat beriladi. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan e’lon qilinadigan innovatsion va amaliy loyihalar tanlovlarida institut xodimlari oʻz ilmiy loyihalari bilan muntazam ishtirok etib, bugungi kunda 6 ta amaliy va 3 ta innovatsion loyihalar ustida ishlar davom ettirilmoqda.
Institutda bajarilgan ilmiy ishlar natijasi 2008-2017-yillarda oʻtkazilgan “Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da namoyish etildi va 78 nomdagi preparatlar Davlat ma’lumotlar bankiga kiritildi. Institutda yaratilgan ilmiy ishlanmalarning amaliyotga tadbiqini yanada faollashtirish hamda Respublikamizga kirib kelayotgan dori preparatlarni standartlash maqsadida 2002-yilda “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” tashkil etildi. Tashkil etilgan vaqtdan boshlab 15 yil davomida ilmiy markaz xodimlari tomonidan institut ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tadbiq boʻyicha katta amaliy va uslubiy yordam berib kelinmoqda. Ilmiy markazda xom ashyo va substansiyani standartlash ishlari amalga oshirildi hamda xom ashyo va substansiyaga VFM loyihalari ishlab chiqilishi keng yoʻlga qoʻyilgan.
Institutda bugun[tahrir | manbasini tahrirlash]
Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (1 ta litsey), bakalavriat (6 ta yoʻnalish), magistratura (5 mutaxassislik), va doktoranturadan iborat.
Institutda har yili “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari” xalqaro ekspertlar ishtirokda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilib kelinadi.Undan tashqari "Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammo va istiqbollar" xalqaro ilmiy-amaliy konfirensiyasi,"Talabalar ilmiy anjumani", " Ibn Sino izdoshlari" respublika konfirensiyalari ham har yili tashkillashtiriladi.
Undan tashqari institut o'zining "Farmasevt" nomli ilmiy jurnalini davriy ravishda chop etib boradi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Institut sahifasi
- Institut elektron kutubxonasi Wayback Machine saytida arxivlandi (2019-08-22).
- Farmasevt ilmiy jurnali Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-11-30).
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |