Grenlandiya tyuleni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grenlandiya tyuleni (Pagophilus groenlandica) — tyulenlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon, urugʻning yagona turi. Tanasining uz. 2 m gacha, ogʻirligi 150–160 kg . Tugʻilgan bolasi oq yoki sargʻish oq., uz. 80 sm ga yaqin. Voyaga yetgan erkaklarining ikkita qora, urugʻochilarining qoʻngʻir qanotsimon dogʻlari bor. Boshi kora. Atlantika okeanining shim. qismi va Shim. muz okeanida, jumladan Oq, Barens dengizlari va Kare dengizining gʻarbiy qismida tarqalgan. Koʻpayish va tullash davrida uchta populyatsiya (oq dengiz, nyufaundlend, yanmayen-norvegiya) hosil qiladi. Doimo mavsumiy migratsiya qiladi. Baliq va umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Katta muz boʻlaklari ustida koʻpayadi. Homiladorlik davri 11 — 11,5 oy, 40 yilga yaqin umr koʻradi. 1—2 bola tugʻadi. Moʻynasi va yogʻi uchun koʻp ovlanishi tufayli soni 7—10 mln.dan (1950-yil) 1,75—2,5 mln. gacha (1960-yil) kamayib ketganligi uchun ovlash qatʼiy man qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil