Bosh Sahifa
(Bosh sahifadan yoʻnaltirildi)
Hozirda Oʻzbek tilida 238 440 maqola mavjud.
Tanlangan maqola
Qizil panda — asosan Sharqiy Himolay va Xitoyning janubi-gʻarbiy hududlarida uchrovchi kichik sutemizuvchi jonivor. Qizil pandaning yungi qalin qizil-jigarrang boʻlib, qorin qismining va oyoqlarining qora rangi, hoshiyasimon oq rangdagi quloqlari, oq tumshugʻi hamda halqasimon chiziqlarga ega dumi uni boshqa hayvonlardan oʻzgacharoq qilib koʻrsatadi. Pandaning tana uzunligi 51—63,5 sm boʻlib, dumi 28—48,5 sm ga yetadi. Ogʻirligi 3,2 dan 15 kg ga qadar yetishi mumkin. Egiluvchan boʻgʻinlari va yoysimon, yarim bukilgan tirnoqlari tik qiyaliklar hamda daraxtlarga oson chiqish imkonini beradi. Qizil panda ilk bor 1825-yilda oʻrganilgan. Hozirgi vaqtda tan olingan ikkita kichik turi — Himolay va Xitoy qizil pandasi mavjud boʻlib, ular taxminan 250 000 yil oldin yashagan boshqa turdan ajralib chiqqan. Qizil pandaning evolyutsion shakllanishi davomida odatiy pandalar kabi yerda emas, aksincha daraxtlarda yashashga moslashganligi aniqlangan. Ammo zamonaviy genetik tadqiqotlar uning rakunlar, suvsarlar va skunkslar bilan oʻxshash ekanligini isbotlagan. Bu tur asli ayiq hisoblanuvchi gigant pandalar bilan bogʻliq boʻlsa-da, aslida tanasi unchalik ham katta emas Har ikkala tur ham choʻziq bilak suyaklariga hamda bambukni ushlashga moslashgan „soxta bosh barmoqlarga“ egaligi ularning oʻxshash jihatlari sifatida tan olinadi. Qizil pandaning evolyutsion rivojlanishi taxminan 18—25 million yil davom etgan. Yevroosiyo va Shimoliy Amerika hududidan 18 million yil avval yashagan va hozirda yoʻqolib ketgan qizil panda ajdodlarining qoldiqlari topilgan. (Davomi...)Yaxshi maqola
![]() Ashtarxon xonligi xaritada Xushsifat maqola
Ozarbayjon milliy bayrogʻi (shuningdek, Uchrangli bayroq ham deyiladi; ozarbayjoncha: Azərbaycan bayrağı) — Ozarbayjon Respublikasining davlat ramzlaridan biri. Bayroq tuzilishi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodan tashkil topgan boʻlib, gorizontal holatdagi bir xil oʻlchamdagi toʻq koʻk, qizil va yashil kabi uch xil rangdan iborat. Bayroq markazida oq rangda yarim oy va sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Bayroqdagi toʻq koʻk rang ozarbayjonlarning turkiy ekanini, qizil rang taraqqiyotni, yashil rang esa ozarbayjonlar islom dinida ekanini ifodalaydi. Har yili 9-noyabrda nishonlanadigan Ozarbayjon bayrogʻi kuni 2009-yil 17-noyabrdagi 595-sonli qonun bilan belgilab qoʻyilgan. Ushbu sana 1918-yil 9-noyabrda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi tomonidan uch rangli bayroqning ilk bor davlat bayrogʻi sifatida qabul qilingan kun ekanligi munosabati bilan tanlangan. Bayroq respublikada 1920-yil sovet qoʻshinlari Ozarbayjonga bostirib kirgunga qadar amalda boʻlib turgan. (Davomi...) |
![]() Yangiliklar
![]() Bilasizmi…
Tarixda bugun
|
MediaWiki Viki dasturlash
Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
Vikimanba Ochiq kutubxona
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
Vikiturlar Biologik turlar katalogi
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar