Basra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Basra — Iroq janubidagi shahar.

Basra (arab. Bassora) — Iroqning janubi-sharqidagi shahar, Basra livi (viloyati)ning maʼmuriy markazi. Fors qoʻltigʻidan 90 km ichkarida, Iroqning Shatt ul-Arab daryosi sohilidagi eng katta porti, sohil boʻylab 27 km ga choʻzilgan. Aholisi 617 ming kishi (1985). Shahar 637 yoki 638 yilda xalifa Umar davrida (634 — 644) qurilgan. 8—9-asrlarda xalifalikning madaniy va iqtisodiy markazi boʻlgan. Shahar 10-asrda baridi feodallari, buvayhiylar (947), 11-asrdan saljuqiylar hukmronligida boʻlgan. 1258 yil moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi, 1534 yilda Usmonlilar saltanatiga qoʻshib olindi. 1914 yil noyabrda Angliya qoʻshinlari B.ni bosib oldi. Birinchi jahon urushi davrida Britaniyaga qaram boʻlgan Iroq davlati tarkibida boʻldi.

Mamlakat tashqi savdo muomalasining deyarli hammasi B. orqali boʻladi. B. muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport va elektrostansiya bor. Mamlakatning neft qazib olish va qayta ishlash markazi. Kimyo, toʻqimachilik, sellyuloza-qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Xurmo quritish va uni chetga chiqarish bilan mashhur. Kanal va koʻpriklari koʻpligidan B.ni "Sharq Venesiyasi" deb ham ataydilar. Universitet bor. Qad. B. harobalari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil