Ventyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
View from PatuXai 004 - panoramio.jpg

VentyanLaos poytaxti, Mekong daryosining chap sohilidagi port. Alo-hida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Aholisi 531,8 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). V.ga 13-a.da asos so-lingan. 16—18-a. boshlarida (vaqgvaq-ti b-n) Lansang davlatining poytaxti, 1899 yildan Fransiya Laosi maʼmuriy markazi, 1946—75 yillarda Laos qirolligining poytaxti boʻlgan. 1975 yil dekabrdan Laos Xalq Demokratik Respublikasi poytaxti. Ventyanda davlatning asosiy oliy organlari joylashgan. Mamlakatning muhim savdo markazi. Avtomobil yoʻllari va Mekong daryosi orqali qoʻshni mamlakatlar bilan bogʻ-langan. Aeroport bor. Mamlakatning deyarli barcha import va eksporti V. orqali oʻtadi. Sanoati sholi oqlovchi, koʻn, ip gazlama va shoyi, kimxob, mebel ishlab chiqaruvchi mayda korxona-lardan iborat. Universitet, institutlar, Mil-liy kutubxona, muzeylar bor. Meʼmo-riy yodgorliklari: Fra-Keo (1565), Sisaket (1820) ibodatxonalari, qirol saroyi va boshqa.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil