Dakar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DakarSenegal poytaxti. Gʻarbiy Afrikaning muhim sanoat, transport va savdo-moliya markazlaridan. Yashil Burun yarim orolda, muhim dengiz yoʻllari kesishgan yerda joylashgan. Iqlimi subekvatorial; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 22°, iyulniki 28°. Yillik oʻrtacha yogʻin 572 mm. Aholisi 2 mln.kishi (1998), 90% afrikaliklar; yevropaliklardan asosan fransuzlar yashaydi.

Dakarni 1857-yilda fransuzlar qalʼa sifatida bunyod etgan. 1895—1960-yillarda Fransiya mustamlakasi Senegalning, 1904—59 yillarda Fransiya Fapbiy Afrikasining maʼmuriy markazi. 1960-yildan Senegal poytaxti.

Dakar va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 80% joylashgan. Sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlaydi. Dakarda yer yongʻoq yogʻi ishlab chiqaruvchi yirik zavodlar mavjud. Baliq konserva, pivo va un zavodlari, tamaki, gugurt, yigiruv va toʻqimachilik fabrikalari, kemasozlik, neft, sement, sovun va kimyo korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Yirik dengiz porti. Dakar orqali chetga yer yongʻoq va uning yogi, fosfat chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dakarda universitet (1950), politexnika instituti, Afrikani oʻrganish instituti, Paster instituti, sanʼat maktabi, universitet kutubxonasi, muzeylar, teatr, hayvonot bogʻi va boshqalar bor.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil