Taypey
Qiyofa
Taypey — Xitoydagi shahar. Taypey shahri Tayvan orolining shimoliy qismida. Tayvan provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,64 mln. kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega 2 ta aeroporti bor. T. Szilun avanporti bilan birga yagona sanoat kompleksini tashkil etadi. Taypey — orolning eng katta shahri va yirik sanoat markazi. Mashinasozlik (kemasozlik, radioelektronika), metallurgiya, kimyo, sement, yogʻochsozlik, qogʻoz, yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari mavjud. XvaKang, milliy saroy muzeylari, Chan Kayshi memoriali, Bopiliao tarixiy majmuasi kabi joylari bor.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |