Abu-Dabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
AbuDhabi02.JPG

Abu Dabi, Abu Zabi – Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti. Abu Dabi amirligining ma’muriy va savdo-transport markazi. Aholisi 921 ming kishi (2013). Fors qoʻltigʻi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neft qazib olinadigan rayonning markazi. Neft qayta ishlanadi. Baliq ovlanadi. Fors qoʻltigʻi boʻyida Zayd dengiz porti bor. Port orqali asosan neft, neft mahsulotlari va siqilgan gaz eksport qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil