Qiziloʻrda
| Shahar
Qiziloʻrda
|
Qiziloʻrda (1853 y.gacha Oqmachit, 1925 y.gacha Perovsk) — Qozogʻiston Respublikasidagi shahar, Qizil-oʻrda viloyati markazi. Sirdaryoning oʻng sohilida. T.y. stansiyayei. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Q. 1820 y.lar-da Oqmachit nomi bilan Qoʻqon xonli-gining qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1853 y. iyulida Oqmachitni general V.A.Perovskiy boshchiligida rus qoʻshinlari bosib oldi va u Perov-skiy forti deb ataldi, keyinchalik Perovsksh. deb nomlangan. 1917 y. gacha kichik maʼmuriy savdo markazi. 1926 y. dan 1929 y.gacha Qozogʻiston poytax-ti boʻlgan. Muhim korxonalari: sel-lyuloza-karton, qurilish materiallari, uysozlik k-tlari, poyabzal, tikuvchilik va trikotaj f-kalari; oziq-ovqat sanoati korxonalari, ped. in-ti, drama teatri, tarixiy-oʻlka-shunoslik muzeyi bor. Q.dan jan.-roqda sholipoyalarni sugʻorish maq-sadida Sirdaryoga toʻgʻon qurilgan. Sha-har atrofida yirik sholikor xoʻja-liklar joylashgan.
Qiziloʻda — shahar, Qiziloʻrda viloyatining markazi (1938-yildan buyon). Sirdaryo daryosining oʻng yoqasida joylashgan. Aholisi 201-ming kishi (2012). Shahar dengiz sathidan 126—130 m balandlikda joylashgan. Hududi 3683 ga. Shaharning 17,0 ga hududi temir yoʻllariga, 165 ga hududi avtomabil yoʻllariga, 19 ga hududi shahar bogʻlari va oromgohlarga tegishli.
Mundarija |
Tarixi[tahrir]
Qizloʻrda shaharining tashkil topish tarixi qadimgi asosini yoʻqotmqy, faqat nomi bir necha marta oʻzgargani bilan (Oq mechit — 1818-yili, Perovsk — 1853-yili, qaytadan Oq mechit — 1922-yili, Qiziloʻrda — 1925-yili), har doim Sirqaryo yoqasining madaniy markazi boʻlib tashkil topdi.
Oq mechit 1818-yili Qo'qon xonligi davrida Sirdaryo qirgʻogʻida ilk bor tashkil topgan. Shahar ichkarsidagi oq gʻishtdan barpo etilgan mechitning rangiga atab Oq mechit deb atadi.
1853-yilga 28-iyulga Orenburg general-gubernatori V.A Perovskiy Sir qozoqlarini himolashni bahona qilib rus harbiylari bilan qal’ala bostirib kirib, qoʻqonliklarni qal’adan quvib chiqadi. Shahar nomi Perovsk boʻlib, 1867-yili u Sirdaryo uezining markaziga aylantiriladi.
1922—1925-yillari shahr nomi qaytadan Oq mechit boʻlib, 1925—1929-yillarda Qozogʻistonning poytaxti boʻladi. 1925-yili shaharga Qiziloʻrda nomi berildi.
Aholisi[tahrir]
Shahar aholisining koʻpchiligini qozoqlarlar tashkil qiladi. Qadimda bu shahar Qoʻqon xonligining tarkibida edi, shu vaqtda bu shahrda koʻpchilikni oʻzbeklar tashkil qilardi. Hozirgi kunda shahar aholisining milliy tarkibi: Qozoqlar — 90 %, Ruslar — 5 % , Koreyslar — 3 % qolganlarini Olmonlar, Chechenlar, O'zbeklar, Ukrainlar, Beloruslar, Ingushlar, Yunonlar tashkil etadi.[1]
Galeriya[tahrir]
-
Mechet Aytbaya, Kizilorda, 2009.jpg
Aytbay Mechiti
-
Kazanskaya serkov, Kizilorda, 2009.jpg
xram
Manbalar[tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |