Almati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Respublika ahamiyatiga ega shahar
Almati
qoz. Алматы
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Qozogʻiston
Koordinatalari 43°15′0″N 76°54′0″E / 43.25000°N 76.90000°E / 43.25000; 76.90000Koordinatalari: 43°15′0″N 76°54′0″E / 43.25000°N 76.90000°E / 43.25000; 76.90000
Akim Yesimov Axmetjan Smagulovich
Asos solingan 1854
Avvalgi nomlari Almati, Zailiyskiy, Verniy
Maydoni 451[1] km²
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy tili qozoqcha
Aholisi 1,485,4962[2] 
Zichlik 3,266 kishi/km²
Milliy tarkibi qozoqlar 51,06 %
ruslar 33,02 %
uyg'urlar 5,73 %
koreyslar 1,90 %
tatarlar 1,82 %
ukrainlar 1,24 %
ozarbayjonlar 0,70 %
olmonlar 0,57 %
o'zbeklar 0,49 %
dunganlar 0,47 % [3]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 727[4]
Pochta indeksi 050000—050063[5]
Avtomobil kodi A, 02
Rasmiy sayti http://www.almaty.kz
Almati (Qozogʻiston)
Almati   qoz. Алматы

Almati (qoz. Алматы́) (1921-yilgacha Verniy; oʻrta asrlarda Almatu) — Qozog'istonning eng katta shahri. 1929 — 1998 yillarda mamlakat poytaxti. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni, 2 aeroport bor. Orqa Ili Olatovi tizmasining shimoliy yon bagʻri etaklarida, 650— 950 m balandlikda,Tyan-Shan togʻining shimolida, Qozogʻiston Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha haroratii — 8 °C, iyulniki 22,9 °C. Almati shahrida 1,434,755 kishi istiqomat qiladi (2011). Almatining YaIMi 2010-yili 18,8 mlrd AQSh dollarini, har bir kishi boshiga hisoblaganda 19 ming AQSh dollarini tashkil qilib, Qozog'istonning YAIM ining beshdan bir qismini tashkil qiladi.

Aholisi[tahrir]

Shahar aholisining yarmidan oshigʻini qozoqlar tashkil qiladi. Qozoqlardan boshqa ruslar, uyg'urlar, tatarlar, ukrainlar va boshqalar tashkil qiladi. Chet elliklarning ichida eng koʻpi turklar. Norasmiy bayonotga koʻra aholi soni 2 millionni, rasmiy bayonot boʻyicha Almatida aholi 1,3 millionni tashkil qiladi.

Almatining aholisi[tahrir]

Tarixi[tahrir]

Shahar dastavval 1854-yilda Zailiyskoye harbiy istehkomi sifatida qozoqlar joylashgan Olmaota qalʼasi yonida qurildi. Keyinchalik bu istehkom Verniy deb ataldi. 1867-yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibida yangi tashkil etilgan Yettisuv viloyatining markaziga aylandi. U davrda sanoat korxonalari boʻlmagan, aholining koʻpchiligi dehqonchilik bilan shugʻullangan.

Iqtisodi[tahrir]

Tungi Almati
Al Farobiy shoh koʻchasidagi biznes markaz

Shaharda mashinasozlik va metallsozlik sanoati („Porshen“, stanoksozlik, mexanika-tajriba, past voltli apparatura ishlan chiqarish) korxonalari yetakchilik qiladi. Almatida Qozogʻiston yengil sanoat korxonalari mahsulotining 28 % ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik va moʻyna, ip-gazlama k-tlari, ip-yigiruv, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Oziq-ovqat sanoati (goʻsht-konserva, un-yorma, makaron fabrikasi, sut, shampan vinosi, meva-konserva, qandolatpazlik, choy qadoqlash, likyor-araq, vino, pivo, achitqi zavoddlari) korxonalari mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Elektrotexnika zavodi ham faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, yogʻochsozlik, temir-beton konstruksiyalari va qurilish detallari zavodlari bor. Almatining yoqilgʻi-energetika bazasi Qaragʻandi havzasining koʻmiri, koʻmir va mazut bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari, Katta Olmasoy daryosidagi GES kaskadlari, Ili daryosidagi Qopchigʻay GESdir. Almatida tijorat banklari, qoʻshma va kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmokda.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Qozogʻiston FA, 16 oliy oʻquv yurti, 13 muzey, respublika kutubxonasi. teatrlar, telemarkaz, shahar mashaqqatga sazovor binolar: Abak nomplagi qozoq opera va balet teatri (1941), Hukumat uyi (1957), Respublika saroyi (1970), „Qozogʻiston“ mehmonxonasi (1977). Almatining turar joy mavzelari bir necha marta zilziladan qattiq shikastlangan. Oxirgi zilzilalar 1911 va 1921-yillarda sodir boʻldi. Shuningdek, sel ham vaqt-vaqti bilan ancha ziyon yetkazib turadi. Shu bois selga qarshi inshootlar qurilgan. Almati — yirik turistik va sport markazi. Shahardan janubda Orqa Ili Olatovi turistik zonasi hamda kurortlar bor. Almati yaqinida „Medeo“ qishki sport majmui ishlab turibdi. [6]

Mustaqillik davri[tahrir]

1993-yilgi qaror boʻyicha shahar nomi rus tilida Alma-Atadan Almatiga oʻzgartirildi.

1997-yili Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan davlat poytaxti Almatidan Astanaga koʻchirildi.

1998-yilning 1-iyulida Almati shahrining mavqei haqida yangi qonun qabul qilindi. Bu qonun boʻyicha Almati ilmiy, madaniy, tarixiy, moliyaviy va ishlab chiqarish markazi boʻldi.

Transport[tahrir]

Al Farobiy shoh koʻchasi
Samal tuamni

Avtobus, trolleybus, tramvay, taksi, metro[tahrir]

Almati shahrida yoʻlovchilarni va yuk tashiydigan shahar yoʻnalishlarida 24 tashiydigan va oʻzlari 2000 avtobus, 46 tramvaylar, 191 trolleybuslarni boshqarish bilan „Alamtieelektrotrans“ MKK shugʻullanadi. 2011-yili 16-dekabrda Qozogʻiston Respublikasining 20 yillik mustaqillik bayramiga bagʻishlab 8 km ni tashkil qilgan metro topshirildi.

Manbalar[tahrir]