Atirau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Atirau
qoz. Атырау
Gerb
Gerb
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Atirau viloyati
Koordinatalari 47°7′N 51°53′E / 47.117°N 51.883°E / 47.117; 51.883Koordinatalari: 47°7′N 51°53′E / 47.117°N 51.883°E / 47.117; 51.883
Akim Serik Aydarbekov[1]
Asos solingan 1640
Avvalgi nomlari Ustʼ-Yaitskiy shaharchasi, Nijniy Yaitskiy shaharchasi, Gurev
Qachondan beri shahar 1885
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy tili qozoqcha
Aholisi 217 312[2] 
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7122 [3]
Pochta indeksi 060001-060011 [4]
Avtomobil kodi E, 06
Rasmiy sayti http://rus.akimat-atyrau.kz/
Atirau (Qozogʻiston)
Atirau
Atirau shahridagi Ural daryosi

Atirau —(qoz. Атырау) Atirau viloyatining markazi, Qozogʻistonning gʻarbida, yoyiq daryosining yoqasida joylashgan shahar. Temir yoʻl stansiyasi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlangan. 1640-yil asos solingan va Rossiya hukumatining keyinroq Oʻrta Osiyoga bosqinchilik yurishlarida tayanch istehkomlaridan biri boʻlgan.

Nomi[tahrir]

1640-yili Yaitskiy gorodok deb nomlangan shaharcha barpo etilgan. Yoyiqning yuqorida Verxniy Yaitskiy gorodok (hozirgi Oʻral shahri) degan shaharcha barpo etilgan, Nijniy Yaitskiy gorodok deb nomlangan, keyinchalik — Ust-Yaitskiy gorodok. Rossiya malikasi Ekatarina II Yoyiq daryosini Ural deb nomlanishiga farmon berganida, shaharning nomi Guryev gorodok, Guryev deb oʻzgartirilgan.

1920-yili maʼlum muddatga bolsheviklar Gurevni Chapaev deb qayta nomlagan.

1992-yildan buyon shahar nomi — Atirau[5].

Atirau degan soʻzi (qoz. Атырау) qozoq tilidan tarjшmasi delta degan maʻnosini bildiradi.

Geografiyasi[tahrir]

Atirau va Astana shaharlarining oraliq masofasi — 1810 km.

Atirauni yoqiq daryosi ikkiga boʻladi: gʻarbi Samar va sharqi Buqar[6]. Rossiya chegarasining gʻarb tarafidan Volga daryosi oqadi. Geografik tomondan viloyatning shimoli-gʻarbiy tomoni Yevropada, barcha sharq tomoni esaOsiyoda joylashgan, asosan choʻlu-biyobonlardan iborat. Shaharning gʻarb tomoni Rossiyaning Astraxan viloyati bilan chegaradosh.

Aholisi[tahrir]

Aholisi 1897-yili 9,3 ming, 1923-yili 12,5 ming, 1939-yili 41,5 ming, 1997-yili 265 ming, 2006-yili 269 ming kishini tashkil qildi. 2012-yilda esa 206,656 kishi boʻlib qoldi, unga asosiy sabablardan biri koʻplab slovyan xalqlarining chet ellarga koʻchib ketishidir.

2007-yili 1-yanvarda shaharning aholisi 207,2 ming kishini tashkil qildi, shu jumladan:

  • Atirau shahri — 154,1 ming kishi;
  • Baliqchi kenti — 17,1 ming kishi;
  • Jumisker kenti — 6,7 ming kishi;
  • Qishloq aholisi — 28,2 ming kishi.

Atirau viloyatida 84 millat vakillari istiqomat qilishadi.

Iqtisodiyot[tahrir]

2007-yil 1-yanvarda roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning soni 5195 tani tashkil qildi, shularuning 4875 kichik, 275 oʻrta, 45 yirik. 2006-yil 3319,5 ming tonna neft mahsuloti qayta ishlandi, undan 493,7 ming tonna motorli oʻtin (benzin); 1122,2 ming tonna gazoyl; 1389,9 ming tonna mazut; 123,6 ming tonna neftli koks olindi. Elektr quvatini ishlash 1442,9 mln kVt/soat; issiqlik quvvati — 1624,4 ming kKal tashkil qildi.

Asosiy oziq ovqat mahsulotlaridan: 18 tonna sosiska; 5784 tonna quritilgan baliq; 323 tonna qayta ishlangan sut mahsulotlari; 7370 tonna yangi yopilgan non olindi.

Atirau shahrining iqtisodiy rivojiga „QazMunayGaz“, „Atirau munay ondeu zavodi“, „Qaztransoyl“, „Atiraubaliq“, „Zaman grupp“, MChB, „Atirau jariq“, „Obltransgaz“, „Atirausushar“, „Atirau su arnasi“, v.b. mahkamalar koʻp hissasini qoʻshmoqdalar.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Atirauda neft korxonasining rejalash instituti, neft va tabiiy tuzlar ilmiy instituti, universitet, drama teatri, filarmoniya, oʻrta maxsus oʻquv yurtlati, taʻlim beruvchi musiqa va sport maktablari, kutubxonalar, kinoteatrlar, madaniyat va hordiq parki, mehmonxonalar, bola bogʻchalar, tibbiy mahkamalar faoliyat yuritadi.

Maorif[tahrir]

  • Umumiy bilim beruvchi maktablar soni — 68;
  • Maktabgacha boʻlgan mahkama soni — 25;
  • Oliy oʻquv yurti — 4;
  • Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari — 11.

Oliy oʻquv yurtlari[tahrir]

Atirau shahridagi Isatay va Maxambet maydoni
  • Atirau neft va gaz instituti
  • Atirau Pedagogika instituti
  • Atirau universiteti
  • Kaspiy atrofining hozirgi zamon kolledji (PSK)
  • Atirau agrar texnik kolledji
  • Atirau biznes va xuquq kolledji

Shaharning nazarga tushgan joylari[tahrir]

Imangʻali mechiti
  • Imangʻali masjidi
  • Uspen cherkovi
  • Qurmangʻazi Sagʻirbayuli haykali
  • Beybars sulton haykali
  • Viloyat muzeyi
  • Xivaz Dospanova haykali
  • Isatay-Maxambet haykali

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]