Tyan-Shan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peak of Khan Tengri at sunset.jpg

Tyan-Shan (xit. tyan — osmon, shan — togʻ), Tangirtogʻ — Osiyosing markaziy qismidagi yirik togʻ tarmogʻi.

Joylashishi[tahrir]

Tyan-Shanning markaziy qismi Qirgʻizistonga, shimoliy va gʻarb butogʻlari Qozogʻistonga, janubiy-gʻarb chekkasi O'zbekiston bilan Tojikistonga, sharqiy qismi Xitoyga tegishli. Gʻarbdan sharqqa tomon 2500 km-ga choʻzilib yotibdi, eni 400 km. Tyan-Shan shimolida Boroxoro butogʻi orqali Jetisu Alatovi bilan, jabubida Oloy butogʻi orqali Pamir togʻining maʼlum qismi bilan kesishadi. Shimoliy chegarasi: gʻarbda Qile vodiysi, Mo'yinqum, sharqda Joʻngʻor tekisligi. Janubiy chegarasi sharqda Tarim jarliklariga toʻgʻri keladi. Eng baland choʻqqisi — Gʻalaba choʻqqisi (7439 m.). Tyan-Shan enlik butogʻlar bilan ularni bir-biridan ajratib turgan togʻ oraliq yirik jarliklardan iborat.

Orografiyalik tuzulishi[tahrir]

Orografiyalik tuzulishidan Shimoliy, Markaziy, Gʻarbiy, Sharqiy va Janubiy qismlarga boʻlinadi. Shimoliy Tyan-Shan Ketpen, Kungey Olatov, Ile Olatovi, Qirgʻiz Olatovi va Shu-Ile togʻlaridan iborat. Shimoliy Tyan-Shan butogʻlari 4,5 ming metrdan baland: Teriskey Olatovi (5218 m), Qile Olatovi (4973 m), Qirgʻiz Olatovi (4875 m). Gʻarbiy Tyan-Shanga Farg'ona, Talas Olatovi bilan undan tarqaladigan, Piskem, Shatqal butogʻlari va Qoratov kiradi. Gʻarbiy Tyan-Shan butogʻlari asta-sekin Shimoliy-gʻarbga tomon 4,5 ming metrdan 2,5 — 2 ming metrgacha pasayadi. Fargʻona vodiysi Gʻarbiy va Janubiy Tyan-Shanni bir-biridan boʻladi. Markaziy (Ichki) Tyan-Shanga shimolda Issiqkoʻl jarligidan janubiy-gʻarbda Fargʻona jarligiga, janubiy-sharqda Koʻkshal-Too butogʻigacha boʻlgan oraliq kiradi. Bu butkul togʻ tarmogʻining eng baland choʻqqisi. Ayniqsa, uning sharqiy qismi baland (Gʻalaba choʻqqisi — 7439 m, Xon Tangri — 6995 m). Markaziy Tyan-Shanga Sirt deb ataluvchi taluqli, 3000 — 4000 metr balandlikda, atrofi baland butogʻlar bilan oʻralgan togʻ qirralari kiradi. Janubiy Tyan-Shan Oloy, Turkiston, Zarafshon va Gissar butogʻlaridan iborat. Sharqiy Tyan-Shan enlik boʻyi bilan choʻzilgan vodiylar, jarliklar bilan boʻlingan ikki qator toʻg qir-adirlaridan tashkil topgan. Boroxoro, Erenqabirgʻa, Bogdo-Ola, Qarlitov butogʻlari tashkil qiladigan shimoliy qir-adirlari uzun — sharqda 95 sh.gʻ-gacha choʻziladi. Janubiy qir-adir qisqaroq (90 sh.gʻ-gacha), asosiy qir-adirlari: Xalqtov, Sarman-Ula, Qurliqtov. Butogʻlarning boshi 4000 — 5000 m baland.

Iqlimi[tahrir]

Togʻ etagining issiq, quruq iqlimidan baland choʻqqisining nivallik iqlimigacha oʻrin oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 20 — 25S, markazida 15 — 17S, baland choʻqqisida 0 °C va undan ham kam. Yanvarning oʻrtacha harorati togʻ etagida −2 — 4S (janubda), −6 — 8S (shimolda). Qishda baland togʻli qir-adirlardan boshqa qismlarida sovuq ob-havo iliq oqimlari bilan almashib turadi. Yillik yogʻingarchilikning miqdori togʻ etagida 300 mm, togʻ butoqlarining yuqori qismida 800 mm. Yogʻingarchilikning eng koʻp yogʻadigan vaqti Tyan-Shanning shimoliy qismida yozga, janubida bahorga(mart — aprel) toʻgʻri keladi. Muzliklar katta tarqagan va keng koʻlamni tashkil etadi. Muz bosish yuzasi 7300 km2, muzliklarning soni 7700-dan ziyod.

Qo'riqxonalari[tahrir]

Oqsuv-Jabagʻali

Tyan-Shan tabiati bilan uning oʻziga xos oʻsimliklar, hayvonlar olamini himoyalash uchun bir nechta qoʻriqxonalar va milliy parklar tashkil etilgan. Shulardan Oqsuv-Jabagʻali (1926), Almati (1931) qoʻriqxonalari katta ahamiyatga ega. 1996-yili Almati yaqini Ile Olatovining parki barpo etildi [1]

Manbalar[tahrir]

  1. Qozogʻistonning fizikalik geografiyasi, Almati: Atamura, 2008. ISBN 9965-34-809-X


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.