Taraz
Shahar
|
Taraz — Jambul viloyatining markazi. 1938—1997-yillarda Jambul deb nomlangan, 1938-yilda Mirzoyan deb nomlangan, keyin Avliyo ota deb nomlandi.
Mundarija |
Tarixi [tahrir]
Oʻrta asrlarda Taraz degen nom bilan ataldi. Shahrga eng birinchi kelganlar — Farg'ona vodiysining oʻzbeklari boʻlgan. 1997-yildan boshlab tarixiy nomi qaytadan berildi. 2002-yili Taraz oʻzining 2000-yillik tarixini nishonladi. Oʻrta asrlarda Taraz Buyuk Ipak Yo'lining yoʻqasida joylashgan shaharlarning biri edi. Ayniqsa Qoraxoniylar davlati vaqtida chiroy ochdi. XІX asrning 60-yillarida Rossiya imperiyasining tarkibida boʻlgan. Kengash ittifoqi vaqtida Jambul viloyatining markazi boʻlib, Qozog'iston mustaqillik olganidan keyin ham shu boʻyicha qoldirildi.
Aholisi [tahrir]
Shahar aholisining soni: 326 113 kishi (2012) Taraz shahri koʻp millatli shahar hisoblanadi, milliy tarkibi quyidagicha:
| Milliy tarkib | Aholi soni 2012 yili |
% |
|---|---|---|
| Qozoqlar | 187 841 | 57,6 % |
| Ruslar | 83 158 | 25,5 % |
| O'zbeklar | 18 588 | 5,7 % |
| Koreyslar | 10 109 | 3,1 % |
| Tatarlar | 3 326 | 1,02 % |
| Boshqalar | 23 091 | 7,08 % |
Tabiati [tahrir]
Viloyatning koʻp qismini Betpoq dala va Moʻyinqum oladi, faqat janubiy-gʻarb, janubiy va janubiy-sharq cheti togʻlar bilan cheklangan (Qoratov, Qirgʻiz va Chu-Ile togʻlari). Relefning bundayligi viloyat iqlimiga taʼsir qilib oʻzgartiradi. Tabiiy landshaflarning florasi bilan faunasi keng va turlicha. Viloyatda oʻsimliklarning 3000 dan ortiq turi bor. Ov qiladigan erning umumiy maydoni 13,9-ming ga tashkil qiladi, unda xayvonlarning 40-dan ortiq turi yashashadi.
- Umumiy maydoni 1000-ming ga tashkil qiluvchi Andasay davlat (kompleks) qamali (zoologiyalik) Moʻyinqum qishlogʻidan gʻarbga Chu daryosi yoqasida joylashgan. Oʻsimlik qatorida selev choʻpi, bataga, qora saksovul, tolning nu butogʻi koʻp. Xayvonlar olamida arxarlar, qulanlar, jayronlar, to'ng'izlar, quyonlar, qirgʻavullar, va boshqa turlari koʻp..[1]
Ishlab chiqarish [tahrir]
Tarazda qoratov togʻlarida Qoratov fosfor zavodi faoliyat yuritadi. Bu zavod fosfor chiqarishdan jahonda etakchi oʻrinlarda. Viloyatda birday 3-zavod ish boshlagandi, shularning biri „Jambul fosfor zavodi“, „Ximprom“, „Yangi Jambul fosfor zavodi“.