Turkiston (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Turkiston
qoz. Түркістан
Mamlakat Qozogʻiston
Shahar Janubiy Qozog'iston viloyati
Koordinatalari 43°18′00″N 68°14′37″E / 43.30000°N 68.24361°E / 43.30000; 68.24361Koordinatalari: 43°18′00″N 68°14′37″E / 43.30000°N 68.24361°E / 43.30000; 68.24361
Akim Ashirbekov Baqitjan Aydarxanovich
Avvalgi nomlari Shavgar, Yassi
Qachondan beri shahar 500
Aholisi 150,595[1] nafar (2012)
Milliy tarkibi qozoqlar 52,5 %
oʻzbeklar 45,2 %
boshqalar 2,3% [2]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72533[3]
Pochta indekslari 161200—161205[4]
Avtomobil kodi X, 13
Rasmiy sayti link
Turkiston (shahar) (Qozogʻiston)
Turkiston

Turkiston (qoz. Түркістан) — Qozogʻiston Respublikasi Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar. Sirdaryoning oʻrta oqimida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 150,595 kishi (2013). Shaharda 46 millat vakillari yashashadi. Shahar tarkibiga 12 qishloq va 5 mirkarayon kiradi.

Aholisi[tahrir]

1999-yilgacha shahar aholisi oʻzgarishi quyidagicha [5]:
1979-yil — 65,443
1989-yil — 77,692
1999-yil — 85,613
2009-yilgacha shahar aholisi oʻzgarishi quyidagicha[6]:
1999-yil — 102 505
2009-yil — 142 899
Turkiston aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha 246,521 kishini tashkil qildi, shulardan shahar aholisi — 62,4 %, qishloq aholisi − 37,6 %[7].

Geografiyasi[tahrir]

Turkiston shahri Janubiy Qozogʻiston viloyatining markazi sanaladigan Chimkent shahridan 170 km. uzoqlikda joylashgan. Shaharning sharqiy tomoni Otirar tumani, shimol tomoni Kentov shahri va Sozaq tumani, gʻarb tomonidan Qizilo'rda viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani bilan chegaradosh.

Tarixi[tahrir]

Turkiston qadimgi shahar. Muhim hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri. Arab geograflari asarlarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 4—10-asrlarda Turkiston oʻrnida Shavgar (Shovajar) shahar mavjud boʻlgan. 12—16-asrlarda esa Yassi deb atalgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"sida Turkiston qishloq (qarʼyat) tarzida berilgan. "Turkiston" nomi 16-asrdan maʼlum. Oʻsha davrda shahar Hazrati Turkiston nomi bilan ham mashhur boʻlgan. XVI—XVII asrlarda Qozoq xonligining poytaxti boʻlgan. Turkiston shahrida Abilayxon, Abulxayrxon, Ishimxon va boshqa qozoq xonlarining maqbaralari joylashgan. Qozoq xonligi Hitoy va Jungʻor xonliklari bilan urushi paytida Amir Umarxon Turkistonni Qoʻqon xonligi tarkibiga kiritgan. 1864-yilda Rossiya bosib olgan (Chimkent uyezdidagi shahar, 1867-yildan Sirdaryo viloyatidagi shahar).

Sanoati[tahrir]

Turkistonda temirchilik presslash jihozlari, "Sana", "Texosnastka" sanoat korxonalari, paxta tozalash, qurilish materiallari, chorva mollariga beriladigan antibiotiklar zavodlari bor.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Turkistonda 4 universitet, 72 umumiy taʼlim maktabi va kollejlar faoliyat koʻrsatadi. Shaharda Amir Temur qurdirgan Yassaviy maqbarasi majmuasi (14-asr oxiri) saqlanib qolgan. 2000-yil oktyabrda Turkistonning 1500-yillik yubileyi nishonlandi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]