Abulxayrxon (Oʻzbek ulusi)
Abulxayrxon | |
ڊ۔۔۔ٯ الـخـڍـر خـات | |
![]() | |
Tavallud sanasi: | 1412-yil |
---|---|
Vafot sanasi: | 1468-yil |
Kasb: | Xon |
Abulxayrxon (1412-1468) – tarixda Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati deb nom olgan davlat asoschisi. Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni bo'lgan. 1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryo bo'yidagi bir qancha shahar va qal'alar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq)ni bosib oldi. 1447-yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa ko'chirildi. 1431-yilda Abulxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448-yilda ko'chmanchi oʻzbeklar Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqandni qamal qildilar. 1451-yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qo'shilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga o'tqazdi. Ko'chmanchi oʻzbeklar keyinchalik temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham ko'maklashdilar (1460-62). Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari (Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon) taxt vorisi Shayx Haydarni mag'lub qildilar va Ko'chmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon o'z raqiblari ustidan g'alaba qozondi va hokimiyatni qo'lga oldi.
Manba[tahrir]
- Oʻzbek sovet ensiklopediyasi, 1-jild. Toshkent, 1971-yil
- OʻzME, 1-jild. Toshkent, 2000-yil
Shayboniylar sulolasi | ||||||||
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |