Tekeli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tekeli
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Flag
44°50′0″N 78°49′0″E / 44.83333°N 78.81667°E / 44.83333; 78.81667Koordinatalari: 44°50′0″N 78°49′0″E / 44.83333°N 78.81667°E / 44.83333; 78.81667
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Almati viloyati
Hukumat
 • Akim Qaynarbekov Talgʻat Qanatovich
Asos solingan 1937
Qachondan beri shahar 1952
Maydon 174 km2
1 300 m
Aholisi
 (2013)
30,355[1]
Milliy tarkib qozoqlar (47,5 %)
ruslar (44,8 %)
tatarlar (2,4 %)
olmonlar (1,7 %)
koreyslar (1,3 %)
ukrainlar (0,8 %)[2][3]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72835[4]
Pochta indeks(lar)i 041700[5]
Avtomobil kodi B, 05
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Tekeli на карте
Red pog.png

Tekeli — (qoz. Текелі) Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Qoratol daryosi boʻyida. Jungʻariya Olatovi etaklarida, dengiz sathidan 950-1600 m balandlikda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 30,3 ming kishi (2013).

Tarixi[tahrir]

1911-yil tashkil topib, 1927-yil kent darajasiga koʻtarildi. 1933-yili injener-geologlar M. Yudichev va M. Qadilbekovning ilmiy-tadqiqod ishlarining natijasida Tekeli daryosining oʻng qirgʻogʻidan qoʻrgʻoshin, rux, kumush, kadmiy, germaniy konlari topildi. 1937-yil Tekeli qoʻrgʻoshin-rux boshqarmasining qurulishi boshlanib, 1942-yil qoʻrgʻoshin-rux kombinati qurildi. 1939-yil shifoxona barpo etildi, 1941-yil birinchi oʻrta maktab qad rostladi.

Sanoati[tahrir]

Shaharda Qoʻrgʻoshin-rux kombinati, gʻisht zavodi, trikotaj va tikuvchilik fabrikasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Iqlimi[tahrir]

Tekelining iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi iliq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati −11-13 °C, iyulniki — 20-22 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 650-1900 mm. Shaharning atrofida, Qoʻra daryosining yonida balandligi 90 metrni tashkil qiluvchi Burxonbuloq nomli sharshara mavjud[6].

Galeriya[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

„Jetіsu ensiklopediyasi“. „Aris“ nashriyoti. Almati. 2004

Havolalar[tahrir]