Jarkent
Jarkent | |
---|---|
shahar | |
qoz. Жаркент | |
44°10′0″N 80°00′0″E / 44.16667°N 80.00000°EKoordinatalari: 44°10′0″N 80°00′0″E / 44.16667°N 80.00000°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Viloyat | Almati viloyati |
Tuman | Panfilov tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1882 |
Avvalgi nomlari | Jarkent, Panfilov |
Qachondan beri shahar | 1891 |
Aholisi (2013) |
42,365[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 72831[2] |
Pochta indeks(lar)i | 041300-041305[3] |
Avtomobil kodi | B, 05 |
Jarkent — (qoz. Жаркент) Almati viloyati Panfilov tumanidagi shahar, tuman markazi (1928-yildan). Viloyat markazi — Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-sharqqa tomon 289 km masofada, Almati shahridan shimoli-sharqqa tomon 331 km masofada, Ile daryosi yaqinida joylashgan. Aholisi 41,2 ming kishi (2012).
Aholisi[tahrir]
1999-yili shahar aholisi 32 656 kishini[4], 2012-yili esa shahar aholisi 41 127 kishini tashkil qildi[4].
Tarixi[tahrir]
Jarkentga 1881-yil asos solindi[5] va 1891-yilda shahar mavqeini oldi. Boshlanishida, asosan, kichik hunarmandlar va savdo-sotiq shahri boʻlgan, 1928-yildan tuman markazi. Shu vaqtda yangi korxonalar ochilib, bunyodkorlik ishlari davom etdi. Shahar 1942 — 1992 yillari Kengash Ittifoqining qahramoni I.V.Panfilovning nomi bilan ataldi.
Sanoati[tahrir]
Jarkentda qurulish zavodi, non, goʻsht kombinatlari, tikish fabrikasi va boshqa korxonalar faoliyat yuritadi. Jarkent orqali Almati — Qoʻrgʻas — Urumchi avtomagistrali oʻtadi.[6]
Ijtimoiy soha[tahrir]
Shaharda 7 oʻrta maktab, ped. maktab, (respublikadagi birinchi oʻquv joylarining biri, 1929-yil ochilgan), masjid, 2 kinoteatr, 3 kutubxona, madaniyat uyi, 3 klub, kasalxona, shifoxona, stadion, avtostansiya, yirik savdo markazi va boshqa mahkamalar bor (1999).
Manbalar[tahrir]
- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, archived from the original on 2013-11-15, https://web.archive.org/web/20131115045030/http://www.stat.kz/publishing/2013/%D0%94%D0%B5%D0%BC%D0%BE%D0%B3%D1%80%D0%B0%D1%84%D0%B8%D1%8F/%D0%B0%D0%B2%D0%B3%D1%83%D1%81%D1%82/2_2013_%D0%91-14-07-%D0%9A.rar, qaraldi: 2021-02-26
- ↑ Almati viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ 4,0 4,1 Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года. Агентство Республики Казахстан по статистике. Asl nusxadan arxivlandi (2013-02-27). 2021-01-22.
- ↑ П.Н. Краснов На рубеже Китая Париж 1939г. http://forum.kazarla.ru/index.php?/topic/2690-%d0%bf%d0%bd-%d0%ba%d1%80%d0%b0%d1%81%d0%bd%d0%be%d0%b2-%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d1%83%d0%b1%d0%b5%d0%b6%d0%b5-%d0%ba%d0%b8%d1%82%d0%b0%d1%8f/ Arxivlandi 2013-09-27Wayback Machine saytida.
- ↑ “Qozogʻiston”: Milliy Ensiklopediya/Bosh redaktor A. Nisanbayev – Almati “Qozoq Ensiklopediyasi” Bosh Redaksiya, 1998 ISBN 5-89800-123-9
|
![]() |