Makinsk
Makinsk qoz. Макинск | |
---|---|
shahar | |
52°38′0″N 70°25′0″E / 52.63333°N 70.41667°E Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:" Coordinates: Parameter: "type=" should be "type:" Coordinates: 52°38′0″N 70°25′0″E / 52.63333°N 70.41667°E Coordinates: Parameter: "scale=" should be "scale:" Coordinates: Parameter: "type=" should be "type:" {{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Viloyat | Akmola viloyati |
Tuman | Bulandi tumani |
Hukumat | |
• Akim | Shoʻlaxov Shaydulla |
Asos solingan | 1928 |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi (2009) |
17,689 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71646 [1] |
Pochta indeks(lar)i | 020500[2] |
Avtomobil kodi | C, 03 |
Makinsk — Qozogʻistondagi shahar (1945-yilgacha Makinka ishchilar kenti), Bulandi tumanining maʼmuriy markazi (1957). Astana shahridan shimolga tomon 180 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 17,8 ming kishi (2008).
Tarixi[tahrir]
Poydevori 1914-yili qurilgan, 1945-yili shahar mavqei berildi. 1942-yili Tambov viloyati Michurinsk shahridagi porshenli uzuk ishlab chiqarish zavodining koʻchib kelishi bilan Makinsk shahrining sanoati rivojlana boshladi. Keyinchalik metall ishlash zavodi, qurilish va yigʻuvchi materiallar kombinati, duradgorlik zavodi, elevator, non zavodi ishga tushirildi.
OAV[tahrir]
- Казахстан-Кокшетау telekanali
- Tuman ommaviy-siyosiy gazetasi Вести Буланды
Ijtimoiy soha[tahrir]
Shaharda Stepgeologiya, Porshenkomplekt, Bulandi kareri, Makinsk elevatori, Progress, Agrotexservis, Makinsk neftbazasi aksionerlik jamoati, 5 ta umumiy bilim beruvchi maktab, musiqa, sport maktablari, 3 ta kasalxona, shifoxona, dorixona, sanitar-epidemiologiyalik stansiyasi, 2 ta madaniyat uyi, 3 ta klub, 2 ta kinoteatr, 6 ta kutubxona, bosmaxona, 3 avtokarxona, avtomatli telefon stansiyasi bor. Shahar hududi orqali Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻli, Stepnogorsk — Otbosar temir yoʻli oʻtadi [3].
Manbalar[tahrir]
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi
|