Aqtoʻbe
Shahar
Aqtoʻbe
qoz. Ақтөбе
|
Aqtoʻbe shahri (Qozoqcha: Ақтөбе) — Qozogʻiston Respublikasining Aqtoʻba viloyatidagi shahar, viloyat markazi[4]. Respublikaning shimoli-garbida, Ilek daryosining (Ural tarmogʻi) chap sohilida, Orenburg — Toshkent temir yoʻl yoqasida joylashgan. Avtomobil va havo yoʻllarining muhim tuguni. Shahar 1869-yilda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1891-yildan shahar. Rossiyaning Orenburg viloyati bilan, Qozogʻistonning Gʻarbiy Qozogʻiston, Atirau, Qoʻstanoy, Qiziloʻrda va Mangʻistov viloyatlari bilan chegaradosh. Aqto'be viloyatining markazi. Shaharda 300 mingdan ziyod aholi istiqomat qilishadi. Shaharda 3 oliy oʻquv yurti, teatr, 2 muzey mavjud[5].
Mundarija
Aholisi[tahrir]
Shahar aholisi koʻp millatli hizoblanadi. Shaharda 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 367,220 kishi istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibi quyidagicha[6]:
- qozoqlar — 68,72 %
- ruslar — 19,58 %
- ukrainlar — 5,69 %
- tatarlar — 2,21 %
- olmonlar — 0,92 %
- beloruslar — 0,35 %
- koreyslar — 0,34 %
- moldavanlar — 0,26 %
- ozarbayjonlar — 0,23 %
- chechenlar — 0,20 %
- oʻzbeklar — 0,15 %
- bulg'orlar — 0,14 %
- boshqirdlar — 0,14 %
- armanlar — 0,12 %
Tarixi[tahrir]
Shahar 1869-yil 28-mayda Oqtoʻba (Oqtepa) qalʼasi sifatida vujudga kelgan. Shaharning qurulishi boshlanishini Peterburgning „Birjeviye vedomosti“ gazetasi bunday yozadi: „… Aqtoʻbe qamaliga Yelek daryosining chap tarafida Yelek himoyasidan 180 verst, Orenburg-Qazali karvon yoʻliga yaqin, Qargʻali daryosining tarmogʻidagi Ilinka stansiyasidan 170 verst uzoqlikda yer tanlab olindi. Qurulish hozirning oʻzida boshlanib ketdi, Yelek uezd boshqarmasini kuzgacha koʻchirish koʻzlanmoqda“[7].
Aqtoʻbeni rivojlantirishning bosh rejasi 1881-yili qabul qilindi.
1880-yil Aqtoʻbeda ilk marotaba aholi sanogʻi oʻtkazildi, aholi soni 409 kishini tashkil qildi. Ular 38 uyda yashashdi va uning 5 uyi daraxtdan, 33 uyi somon gʻishtdan qurulgan edi.
Aqtoʻbeda birinchi maktab 1884-yil barpo etilddi. Birinchi „Triumf“ sinematogrofi 1910-yildan boshlab faoliyat yuritdi.
1901-yili birinchi marta Toshkent va Orenburgni Aqtoʻbe orqali bogʻlovchi temir yoʻl qurulishi boshlandi.
Sanoati[tahrir]
Qozogʻistonning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Ferroqotishma va xrom birikmalari zavodlari, mashinasozlik (rentgen apparatlari va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodlari), yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht va sut kombinatlari, tegirmon, elevator, trikotaj, mebel va tikuvchilik fabrikalari), „Aktyubinskkimyoplastmass“ ishlab chiqarish birlashmasi bor. Qurilish materiallari ham ishlab chiqariladi.[8]
Galeriya[tahrir]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам на 1 января 2014 года. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2014-02-18.
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Указ Президента Республики Казахстан «О переименовании отдельных административно-территориальных единиц Жамбылской и Северо-Казахстанской областей и об изменении транскрипции названия города Актюбинска»
- ↑ "Где кончается Европа?". Урал - граница Европы и Азии (Русское географическое общество). Archived from the original on 2012-12-22. https://archive.is/tFIq. Qaraldi: 2010-08-04.
- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на 1-01-2010
- ↑ Большая Российская энциклопедия: В 30 т. / Председатель науч.-ред. совета Ю. С. Осипов. Отв. ред С. Л. Кравец. Т. 1. А — Анкетирование. — М.: Большая Российская энциклопедия, 2005. — 766 с.: ил.: карт.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar[tahrir]
|
|