Sayram (tuman)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Janubiy Qozogʻiston viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Oqsuvkent | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Akim | Samat Saparbayev | |
Aholi (2014) | 319,785[1] | |
Zichligi | 185,4 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
Oʻzbeklar - 64,8% Qozoqlar - 26,9% Turklar - 3,0% Ruslar - 1,8% | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 1 700 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 72531 | |
Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
Rasmiy sayti | Аппарат акима Сайрамского района | |
Xaritada | ||
![]() | ||
Koordinatalari: 42°25′0″N 69°50′0″E / 42.41667°N 69.83333°E G O |
Sayram tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi eng katta tumanlarning biri hisoblanadi. Maydoni 1760,4 km² (viloyatning 1,4 %). 56 millatga mansub kishilar istiqomat qiladi. Aholisi 295 843 kishi. Aholi zichligi 1 km²-ga 135 kishidan toʻgʻri keladi (viloyatdagi aholisi eng zich tumanlardan biridir). Katta qishloqlari: Oqsuvkent (34.5), Qorabuloq (42.8), Sayram (41.2), Qorasuv (10.9), Bozorqopqa (6.2), Koʻlkent (12.2), Mankent (29.2), Qoramurt (15). Tuman markazi — Oqsuvkent. Oqsuv daryosining yoqasida joylashgan, yuz yildan ortiq tarixi bor. Barcha avtomabil va temir yoʻllari shu markazda kesishadi. Tumanning sharqiy tarafida Mashat oʻzani, markazida Oqsuv daryosi, shimol tarafida Oris daryosi oqib oʻtadi.
Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sayram tumanida 92 ta maktab boʻlib, shulardan 76 tasi davlat maktabi va 16 tasi xususiy maktab hisoblanadi.
Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tumanda asosan bugʻdoy, oziq ovqatlar, koʻkatlar, uzum, goʻsht va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanishadi. Tuman 1928-yillarda tashkil topgan. Tuman hududida qurilishga kerakli materiallarning kon oʻrinlari ham bor.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sayram tumanining aholisi 302 700 (2011) kishi. Milliy tarkibi oʻzbeklar — 64,8 %, qozoqlar — 26,9 %, turklar — 3,0 %, ruslar — 1,8 % va boshqalar. Statistikada shunaqa, norasmiy maʼlumotga tayansak tumanning 75 % dan ortigʻini oʻzbeklar tashkil qiladi.
Milliy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 1-yanvar oyidagi hisobotga koʻra tuman aholisi 223 676 kishini tashkill qildi. Qozogʻiston Respublikasidagi tuman aholisining yarmidan koʻpini oʻzbeklar tashkil qiluvchi yagona tuman hisoblanadi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:
- Oʻzbeklar — 160 968 kishi
- Qozoqlar — 47 553 kishi
- Ruslar — 4 765 kishi
- Turklar — 4 709 kishi
- Kurdlar — 1 890 kishi
- Ozarbayjonlar — 1 228 kishi
- Boshqalar — 2 563 kishi
- Umumiy — 223 676 kishi[2]
Sayram tumanidagi aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oqsuvkent qishlogʻi
- Qoramurt qishlogʻi
- Qorabuloq qishlogʻi
- Oris qishlogʻi
- Koʻlkent qishlogʻi
- Mankent qishlogʻi
- Jibek joʻli qishlogʻi
- Qaynarbuloq qishlogʻi
- Qorasuv qishlogʻi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Численность населения РК по областям, городам и районам на 1 января 2014 года“. 22-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-avgust 2014-yil.
- ↑ „Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на начало 2022 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 27-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-may 2021-yil.
|
![]() |