Kontent qismiga oʻtish

Koʻlkent

Koordinatalari: 42°32′53″N 69°41′2″E / 42.54806°N 69.68389°E / 42.54806; 69.68389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻlkent
qishloq
42°32′53″N 69°41′2″E / 42.54806°N 69.68389°E / 42.54806; 69.68389
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Turkiston viloyati
{{{tuman_turi}}} Sayram tumani
Hukumat
 • Akim Yuldashev Oʻtkir
Aholisi
 (2011)
13 500
Milliy tarkib oʻzbeklar, qozoqlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +772531
Avtomobil kodi 13
Koʻlkent xaritada
Koʻlkent
Koʻlkent
Koʻlkent xaritada
Koʻlkent
Koʻlkent

Koʻlkent qishlogʻi — Turkiston viloyati Sayram tumanidagi qishloq. Aholisi 13500 kishi. Xoʻjalik subʼektlari — 12.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

9 maktab, 7 ta davolash muassasasi, 7 ta madaniyat muassasasi bor. Qishloq hokimlari: Abdullaev Ogʻabek, Komilov Sobirjon Komilov S. Xotam oʻgli.

Qisqacha tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir paytlari inqilobdan soʻng Qoʻshchi uyushmasining mahalliy vakillari, asosan batraklar Qargʻaboy degan joyda yashagan Jandarbek boʻlis va Qorabuloqdagi Saydahmad boʻlis bilan kelishib, Oqsuv daryosining sharq tomonidan ekin erlarini boʻlib olishgan. Chernyaev inqilobiy qoʻmitasidan maxsus vakil chaqirilib, suv chiqarish masalasi muhokama qilinadi. Anormat boʻlis boshchiligida kanal qazdiriladi. Vakil hisoblab chiqib, bu erga 160 xonadonni joylashtirish mumkinligini aytadi. Bu er Koʻlkent degan joy ekan. Odamlar uni yangi zamonga moslab Qizilqishloq deb atashdi. Har bir xoʻjalikka 0,75 gektardan er uchastkasi tegadi. 1929-yilda birinchi artel dunyoga keladi. Kelasi yil u Qizilqishloq kolxozi boʻlib tashkil topdi[1]. Tespe qishlogida Tespe kolxozi dunyoga keldi. 1936-yilda Oʻteboy qishlogʻi Tespedan boʻlinib, Batrak kolxozini tuzdi. Kolxoz yangi joyga almashdi. Uni Madaniy deb atashdi. Kichik suv elektr stansiyalari solindi. Har bir qishloqda maktablar ochildi. Yangi turmush kolxozi Orisning narigi tomonida tashkil topib, Tulkiboshga tobe boʻlgan ekan. 1940-yilda daryoning berigi tomonida yangi xoʻjalik qad koʻtardi. 1930-yilda esa Paxtazarbdor qishlogʻi ahli Qorabuloqdan boʻlinib, Oshbuloqning quyi qismiga joylashdi. Paxtazarbdor kolxozi 1932-33 yillarda tashkil topdi. 1953-1958-yillarda Madaniy, Yangi turmush, Paxtazarbdor kolxozlari Xrushchev nomli kolxozga, Tespe, Qizil Qozogʻiston, Qizilqishloq kolxozlari Frunze nomli kolxozga, Molotov nomli, 4-besh yillik, Oqsuv kolxozlari Jdanov nomidagi kolxozga birlashdi. 1965-yilda uchta kolxoz qoʻshilib, sovxoz boʻldi. Unga Frunze nomi berildi. U Ittifoqdagi dorivor oʻsimliklar etishtiradigan 28 ta sovxozdan biri edi. Keyingi 25 yil ichida oʻsib, rivojlanib, yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Toʻqsoninchi yillarda xususiylashib, undan Qizil Qozogʻiston, Oʻlja, Qizilqishloq ishlab chiqarish shirkatlari boʻlinib chiqdi.

Qishloq Kengashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilgari bu hududda boʻlis (volost)lar boʻlgan ekan. Qizilqishloq qishloq Kengashi 20-yillarda tashkil topgan. Keyingi yillarda uning hududi, maʼmuriy xoʻjalik tuzilmalari juda koʻp marta oʻzgardi. Qizilqishloq 2001-yilga kelib Koʻlkent boʻldi. Qishloq Kengashi hududida 11 millat vakillari yashaydilar. 1970-1980-yillarda uy-joy masalasiga alohida koʻngil boʻlingani payqaladi. Sakkiz yil ichida 300 ga yaqin yosh oila yangi uylarga koʻchib oʻtgan. Xoʻjalik iqtisodini rivojlantirish maqsadida xoʻjalik hisobini kuchaytirishga koʻp ulush qoʻshdi, er munosabatlarini sozladi, ekin suvi masalasini echishda ishtirok etdi. Keyinroq tuzilgan yosh xoʻjaliklarni ham nazardan chetda qoldirmadi.

Qishloq Kengashi raislari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirzaboev Tashim, Jumaboev Jaqipbek, Sarmonov Sotiboldi, Pirtaev Abilda, Abdujalilov Ergash, Sayapova Daryo, Boʻtabekov Ergash, Nazirov Sunnat, Abdugʻaniev Nizzatulza- mon, Abildaev Ogʻabek, Komilov Sobirjon[1].

Aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqsuvobod, Shaprashti, Koʻlkent, Qizilqozogʻiston, Tespe, Xonqoʻrgʻon, Yangi turmush, Madaniy.

Maorif sohasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻlkent qishloq okrugi hududida jami 10 ta umumiy oʻrta maktab faoliyat yuritmoqda.

  • №26 Mahmud Qoshgʻariy nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  • №71 Qorasoy Botir nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar qozoq tilida olib boriladi
  • №26 Alisher Navoiy nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  • №65 Abdurashid Muzrapov nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  • №41 Moʻliboy Oʻrazaliev nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar qozoq tilida olib boriladi
  • №44 Madaniy nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar qozoq tilida olib boriladi
  • №63 Qanish Satbayev nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  • №59 Qurmanbek Jandarbekov nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar qozoq tilida olib boriladi
  • №96 Toʻlqin Qurbonov nomli umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  • №76 Umumiy oʻrta maktabi - darslar oʻzbek va qozoq tillarida olib boriladi
  • Kemel Toʻqayev nomli xususiuy maktabi - darslar oʻzbek, rus va qozoq tillarida olib boriladi

Xoʻjaliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Qizilqozogʻiston“, „Oʻlja“, „Qizilqishloq“ ishlab chiqarish shirkatlari, Sanur-1 MChB, Oqsuv, Juzboy, Oqmirza, Oq marjoy, Tulpor, Boʻlashaq-XX1 gʻasir masʼuliyati cheklangan birodarliklari. Oqsuv MTS MChB. 1999-yilda tuzilgan. Qishloqdagi barqaror xoʻjaliklardan biri. Unda 250 kishi mehnat qiladi. Asosan dehqonchilik va dorivor oʻsimliklar etishtirish bilan shugʻullanadi. Raisi — Rustam Abdurasulov.

Jamoat tashkilotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faxriylar kengashi (raisi Abildabek Ashirbekov). Xotin-qizlar kengashi (raisi Ibodat Abduqodirova). Yoshlar tashkiloti (etakchisi Xamza Abdurasulov). Biylar kengashi: Toʻbebiy — Ashirbekov Abildabek.

Kengash aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishoqov Yoʻldoshbek, Jumagʻulov Saribay, Komilov Erkin, Qistaubaev Irisbek, Tauqulov Tursunbek, Boʻltashev Toylarbek, Aripboev Kambar, Isroilov Abdulhamid, Ergashev Boʻtabek.

Qishloqning obroʻsini koʻtarayotganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Jandarbekov Qurmanbek — Qozogʻiston xalqartisti, taniqli sanʼat arbobi.
  • Oʻrazaliev Moʻldiyor — QR Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
  • Tashimov Lesbek — Xalqaro qozoq-turk universiteti Chimkent boʻlimi direktori.
  • Otabekov Nurmat — tibbiyot fanlari doktori. Toshkent.
  • Saidniyozov Abdurahim — filologiya fanlari doktori. Toshkent.
  • Boytoev Gʻiyos — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Qishloqning faxriy fuqarolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shotemirov Abdukarim, Sodiqov Orif, Karmanov Qudaboy, Qorajonov Usentoy, Serikov Ergash, Naymanov Altinbek, Duyseboev Kenjebek, Moʻldaliev Satbay, Botirov Zeber, Naymanov Botirbek, Komilov Ahmadjon, Ahmadqulov Eminjon, Mirahmedov Askar.

  1. 1,0 1,1 Sayramnoma Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "test" defined multiple times with different content

Koʻlkent[sayt ishlamaydi]