Kontent qismiga oʻtish

Ishimxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ishimxon, Esimxon, Yesimxon, Ishim Sulton (1565 — 1628) — Qozoq xonligi xoni (1598—1628). Shi-gʻayxonning oʻgʻli, Tavakkalning ukasi va vorisi. Abdullaxon II bilan ugli Ab-dulmoʻminxon oʻrtasidagi nizolardan foydalanib akasi bilan Turkiston va Toshkentni egallagan (1598), bu shaharlar qozoklar qudratining markaziga aylangan, chunki Yettisuvda ularni qalmoqlar siqib chiqarmoqda edi. Abdul-moʻminxon taxtga oʻtirganda (1598) uning amakivachchasi Hazora sulton Toshkentda isyon koʻtarib, oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. Uni Jonibek sulton oʻgʻli Rustam sulton qoʻllab-quv-vatlagan. Abdulmoʻminxon katta qoʻshin bilan isyonni bostirib qaytgan. Abdul-moʻminxon vafotidan soʻng I. akasi bilan Toshkent va Movarounnahrni boʻysundirishga harakat qilgan. Dastlab ular Toshkentni, soʻngra Samarqandni egallab, Buxoroga yurish qilishgan. Biroq, Buxoro yaqinidagi jangda Tavakkal ogʻir yaralanib, Toshkentda vafot etgach, bu urinish behuda ketgan. Maxmud ibn Valshtt yozishicha, Toshkentni I. qoʻlidan ozod qilishda koʻrsatgan xizmatlari uchun Buxoro xoni Vali Muhammad 1607-yil Toshkent shayxlari, ula-mo-yu fuzalolariga inʼomlar berib, suyurgʻolpar tortiq qilgan. I. Imomqulixon bilan Toshkent, Turkiston va Sir-daryo boʻyidagi hududlarga egalik qilish uchun uzoq muddat muntazam urushlar olib borgan.

I. Moʻgʻulistonlati chigʻatoiylardan Chalish va Turfon hokimi Abdurahimxon bilan ittifoqchilik va qarindoshlik munosabatlarini oʻrnatgan, xusu-san, uning qiziga uylangan, Abdurahimxon esa I.ning ukasi Kuchuk sultonning qiziga uylangan. Buning natijasida I. Chalish va Turfonni Ab-durahimxon bilan birga boshqargan. I.ga tobe qozoq urutlari bir necha yillar mobaynida ushbu hududdagi yaylovlarda koʻchib yurganlar. I. va unga tobe urugʻlar Sharqiy Turkistondagi chigʻatoiylar oʻrtasidagi nizolarda ishtirok etganlar (1619—25). 1625-yil I. Turkistonga qaytib ketgan. Xorazmdagi taxt uchun kurashlar davrida Abulgʻoziy Bahodirxon I. huzuriga qochib borgan (1627). 1627-yil I. qalmiklar ustiga yurish qilgan paytda, Toshkent xoni Tursun Muhammad koʻp sonli qoʻshini bilan I.ning Turkiston atrofidagi oʻrdusiga hujum qilib, koʻplab ayollar va yosh bolalarni asir olib Toshkentga qaytgan, soʻngra Sayramga tobe Sayyid soʻkmas mavzeida qalmiqlar yurtidan qaytayotgan I.ga qarshi chiqqan. Jangda I. gʻolib kelgan, Toshkentga qochgan Tursun Muhammadni yaqin amaldorlari va qoʻshini isyon koʻtarib qatl etishgan (1628). I. Tursun Muhammadning kallasini Imomqulixon huzuriga yuborgan. Buning evaziga Imomqulixon maxsus yorliq bilan Toshkent, Turkiston va Sir-daryo boʻyidagi boshqa shahar, qalʼalarni I.gatuhfa qilgan. I. vafotidan soʻng Buxoro qoʻshinlari Toshkentni egallagan. Uni boshqarish Boqi Muhammadning oʻgʻli Abdulla sultonga topshirilgan.

Manba: Mahmud ibn Vali, More tayn, T., 1977.

Ad: Axmedov B. A., Istoriko-geografi-cheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985; Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-Ata, 1969; Materiali po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988.

Faxriddin Hasanov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil