Olmaota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Almatidan yoʻnaltirildi)
Olmaota

qozoqcha: Алматы́
respublika ahamiyatiga ega shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
43°15′0″N 76°54′0″E / 43.25000°N 76.90000°E / 43.25000; 76.90000 G OKoordinatalari: 43°15′0″N 76°54′0″E / 43.25000°N 76.90000°E / 43.25000; 76.90000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
Hukumat
 • Akim Sagintaev Bakitzhan Abdirovich
Asos solingan 1854
Avvalgi nomlari Alma-Ata, Almatu
Maydon 682[1] km2 (263 mi²)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2014)
1,600,000[2]
Zichligi 2,346 kishi/km2
Milliy tarkib qozoqlar 70 %
ruslar 20%
uyg'urlar 5,45 %
koreyslar 1,84 %
tatarlar 1,33 %
ozarbayjonlar 0,72%
oʻzbeklar 0,65%
ukrainlar 0,56%
dunganlar 0,55%
olmonlar 0,41 %
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 727[3]
Pochta indeks(lar)i 050000—050063[4]
Avtomobil kodi A, 02
Olmaota xaritada
Olmaota
Olmaota

Olmaota yoki Almati (qozoqcha: Алматы́) (1921-yilgacha Verniy; oʻrta asrlarda Almatu) — Qozog'istonning eng katta shahri. 1929 — 1998-yillarda mamlakat poytaxti. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni, 2 aeroport bor. Orqa Ili Olatovi tizmasining shimoliy yon bagʻri etaklarida, 650- 950 m balandlikda,Tyan-Shan togʻining shimolida, Qozogʻiston Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha haroratii — 8 °C, iyulniki 22,9 °C. Almati shahrida 1,434,755 kishi istiqomat qiladi (2011). Almatining YaIMi 2010-yili 18,8 mlrd AQSh dollarini, har bir kishi boshiga hisoblaganda 19 ming AQSh dollarini tashkil qilib, Qozog'istonning YAIM ining beshdan bir qismini tashkil qiladi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar aholisining yarmidan oshigʻini qozoqlar tashkil qiladi. Qozoqlardan boshqa ruslar, uyg'urlar, tatarlar, ukrainlar va boshqalar tashkil qiladi. Chet elliklarning ichida eng koʻpi turklar. Norasmiy bayonotga koʻra aholi soni 2 millionnan ortiq, rasmiy bayonot boʻyicha Almatida aholi 1,8 millionni tashkil qiladi.

Almatining aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar dastavval 1854-yilda Zailiyskoye harbiy istehkomi sifatida qozoqlar joylashgan Almati qalʼasi yonida qurildi. Keyinchalik bu istehkom Verniy deb ataldi. 1867-yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibida yangi tashkil etilgan Yettisuv viloyatining markaziga aylandi. U davrda sanoat korxonalari boʻlmagan, aholining koʻpchiligi dehqonchilik bilan shugʻullangan.

Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tungi Almati
Al Farabi shoh koʻchasidagi biznes markaz

Shaharda mashinasozlik va metallsozlik sanoati („Porshen“, stanoksozlik, mexanika-tajriba, past voltli apparatura ishlan chiqarish) korxonalari yetakchilik qiladi. Almatida Qozogʻiston yengil sanoat korxonalari mahsulotining 28 % ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik va moʻyna, ip-gazlama kombinatlari, ip-yigiruv, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Oziq-ovqat sanoati (goʻsht-konserva, un-yorma, makaron fabrikasi, sut, shampan vinosi, meva-konserva, qandolatpazlik, choy qadoqlash, likyor-araq, vino, pivo, achitqi zavoddlari) korxonalari mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Elektrotexnika zavodi ham faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, yogʻochsozlik, temir-beton konstruksiyalari va qurilish detallari zavodlari bor. Almatining yoqilgʻi-energetika bazasi Qaragʻandi havzasining koʻmiri, koʻmir va mazut bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari, Katta Almasay daryosidagi GES kaskadlari, Ili daryosidagi Qopchigʻay GESdir. Almatida tijorat banklari, qoʻshma va kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmokda.

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston FA, 16 oliy oʻquv yurti, 13 muzey, respublika kutubxonasi. teatrlar, telemarkaz, shahar mashaqqatga sazovor binolar: Abak nomplagi qozoq opera va balet teatri (1941), Hukumat uyi (1957), Respublika saroyi (1970), „Qozogʻiston“ mehmonxonasi (1977). Almatining turar joy mavzelari bir necha marta zilziladan qattiq shikastlangan. Oxirgi zilzilalar 1911 va 1921-yillarda sodir boʻldi. Shuningdek, sel ham vaqt-vaqti bilan ancha ziyon yetkazib turadi. Shu bois selga qarshi inshootlar qurilgan. Almati — yirik turistik va sport markazi. Shahardan janubda Orqa Ili Olatovi turistik zonasi hamda kurortlar bor. Almati yaqinida „Medeo“ qishki sport majmui ishlab turibdi.[5]

Mustaqillik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilgi qaror boʻyicha shahar nomi rus tilida Alma-Atadan Almatiga oʻzgartirildi.

1997-yili Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan davlat poytaxti Almatidan Astanaga koʻchirildi.

1998-yilning 1-iyulida Almati shahrining mavqei haqida yangi qonun qabul qilindi. Bu qonun boʻyicha Almati ilmiy, madaniy, tarixiy, moliyaviy va ishlab chiqarish markazi boʻldi.

Mashhur odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polina Ledkova-oshxona kitoblari muallifi, fudbloger

Natalya Nazarova-teatr va kino aktrisasi

Dimash Adilet-biznesmen, blogger, telekoʻrsatuv ishtirokchisi

Vladimir Jirinovskiy-siyosiy va davlat arbobi

Irina Lindt-aktrisa

Radionova Svetlana-Rosprirodnadzor rahbari[6][7][8]

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al Farabi shoh koʻchasi
Samal tumani

Avtobus, trolleybus, tramvay, taksi, metro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Almati shahrida yoʻlovchilarni va yuk tashiydigan shahar yoʻnalishlarida 24 tashiydigan va oʻzlari 2000 avtobus, 46 tramvaylar, 191 trolleybuslarni boshqarish bilan „Alamtieelektrotrans“ MKK shugʻullanadi. 2011-yili 16-dekabrda Qozogʻiston Respublikasining 20 yillik mustaqillik bayramiga bagʻishlab 8 km ni tashkil qilgan metro topshirildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Указ о расширении границ города Алматы“. 2014-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-yanvar. (Archive.is saytida 2014-04-22 sanasida arxivlangan)
  2. „Какие земли присоединили к Алматы?“. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-may.
  3. „Almati viloyatining telefon kodlari“. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-noyabr.
  4. „Почтовые индексы Казахстана“. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-noyabr.
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  6. https://tass.ru/encyclopedia/person/radionova-svetlana-gennadevna
  7. https://fedpress.ru/person/2733024
  8. https://www.globalmsk.ru/person/id/5777