Jezqazgʻan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jezqazgʻan

qoz. Жезқазған
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
47°47′0″N 67°42′0″E / 47.78333°N 67.70000°E / 47.78333; 67.70000 G OKoordinatalari: 47°47′0″N 67°42′0″E / 47.78333°N 67.70000°E / 47.78333; 67.70000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Ulitau viloyati
Hukumat
 • Akim Qayrat Absattarov
Asos solingan 1954
Maydon 8,598 km2 (3,320 mi²)
Markazi balandligi 300 m
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2022)
91 942
Milliy tarkib qozoqlar (69,54 %)
ruslar (23,03 %)
ukrainlar (1,98 %)
nemislar (1,04 %)
tatarlar (1,03 %)
beloruslar (0,47 %)
koreyslar (0,49 %)[1].
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7102
Pochta indeks(lar)i 100600
Avtomobil kodi M (K)
Jezqazgʻan xaritada
Jezqazgʻan
Jezqazgʻan

Jezqazgʻan — (qoz. Жезқазған) Qozogʻiston Respublikasi Ulitau viloyatining maʻmuriy markazi. Kengir suv omborining oʻng sohilida joylashgan. Qaragʻandi shahridan 520 km. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 86,9 ming kishi (2012). Jezqazgʻanda mis rudasi borligi mahalliy aholiga qadimdan maʼlum boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1771-yil Markaziy Qozogʻistonga baron Traunberg ekspeditsiyasi kelgan va Ulugtov janubiy etaklarida mis rudalari borligini aniqlagan. 1847-yil yekaterinburglik savdogar Nikolay Ushakov chorvador Botir Bakasindan mis zaxiralari bor deb taxmin qilingan maydonni ijaraga olgan. 1890-yil Jezqazgʻan konini inglizlar sotib olgan va 1913-yil bahorida mis eritish zavodi va Qarsaqpayda boyitish fabrikasini qurish uchun tayyorgarlik koʻrgan. Mis. rudasi 20-asr boshidan oz miqdorda qazib olina boshlagan. 1925-yil Otbosar rangli metallar tresti tashkil etilib, uning tarkibida Qarsaqpay kombinati boʻlgan. 1928-yil Qarsaqpay mis eritish zavodi birinchi mahsulotini berdi. 1947-yil Jezqazgʻan boyitish fabrikasi qurila boshladi, 1954-yil foydalanishga topshirildi.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jezqazgʻan regionida marganets konsentrati ishlab chiqariladigan va oltin rudasi qazib olinadigan konlar va fabrikalar, mis zavodi va sim ishlab chiqarish sexi joylashgan. Jezqazgʻan rudasi tarkibida qoʻrgʻoshin, rux, kumush, oltingugurt, oltin va nodir hamda tarqoq elementlar mavjud. Gidrometallurgiya, quyish mexanika zavodlari, trikotaj fabrikasi, goʻsht kombinati, sut zavodi, emal sexi ishlab turibdi. Jezqazgʻan koni asosida misdan tashqari rangli metallurgiya rivojlangan boʻlib, „Qazaqmyu“ korporatsiyasining „Jezkazgansvetmet“ aksiyadorlik jamiyati korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Jezqazgʻan mis koni aniqlangan zaxirasi boʻyicha dunyodagi yirik konlardan biri.

Jezqazgʻan hududida kompleks rudalar, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, oltin, volfram, molibden, temir, marganets, optik kvarsning katta zaxiralari bor. Undan tashqari koʻmir, neft, gaz, tabiiy qurilish materiallari, qoplama va ziynat toshlari konlari mavjud.[2]

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil yanvar oyiga koʻra shahar aholisi 91 942 kishini tashkil qildi, shahar aholisining milliy tarkibi quyidagicha:[1]

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda 01.01.07 yilga 1133 xoʻjalik subʼekti roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 13 yirik, 58 oʻrta, 1062 kichik subʼeklar. Asosiy iqtisodiy yoʻnalish: rangli metallurgiya; mashinasozlik va metallga ishlov berish; energetika; oziq ovqat sanoati.

  • Shaharning asosiy korxonalari: „Qazaqmis Korporatsiyasi“ MChB, „JezREK“ AJ, „PTVS“ AJ
  • Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari:
    • elektr energiyasi;
    • rangli metallarni ishlab chiqarish.
  • 2006-yili qishloq xoʻjaligi mahsulotning koʻp qismini koʻkatklar tashkil qildi.

Shundan 2006-yili 11,6 ming tonna kartochka, 4,9 ming tonna koʻkatlar, 1,1 ming tonna goʻsht,4,0 ming tonna sut, 4671,2 mingta tuxum olindi. 2007-yilgi 1-yanvarda qora mollar soni 6,9 mingta, qoʻy va echki — 22,5 mingta,choʻchqa — 4,3 mingta,yilqi - 1,8 mingta, qush — 23,1 mingta.


Shaharda 2006/2007 oʻquv yili

  • 22 kundizgi umumiy bilim beruvchi maktab faoliyat yuritadi, unda 14999 oʻquvchi,
  • 7 kolledjda — 6470 student,
  • 2 kasibiy-texnik oʻquv joylarida — 920 oʻquvchi,
  • 1 oliy oʻquv yurtida 4283 student tahsil oladi.

Shaharda

  • 13 kutubxona,
  • 6 klub usulidagi mahkama,
  • 3 muzey,
  • 2 kinoteatr,
  • 1 teatr,
  • 1 konsert zali faoliyat yuritadi.

Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Qazaqmis korporatsiyasi“

2006-yilgi shaharning katta va oʻrta korxonalari ishchilarining soni, Satbaev shaharida "Qazaqmis korporatsiyasi" MChB va Ulutau tumaning Qarsaqpay kentining ham ishchilarini hisobga olganda, 45175 kishini tashkil qildi, oʻrta oyligi — 39511 tenge. 2006-yilgi mahsulot koʻlami 210886,1 mln. tengeni tashkil qildi. Yillik maʼlumot boʻyicha 2006-yilgi asosiy kapitalga investitsiyalar 16057,8 mln. tengeni tashkil qildi, bu 2005-yil bilan taqqoslaganda 103,6 %-ni tashkil qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]