Jetisay
Shahar
|
Jetisay — (qoz. Жетісай) Janubiy Qozogʻiston viloyatidagi Maqtaaral tumanining markazi, shahar. Viloyat markazi — Chimkent shahridan janubi-gʻarbgacha 232 km uzoqlikda joylashgan, Doʻstiq kanalining chap yoqasida, Sirdaryo qirgʻogʻida joylashgan. Aholisi 33,093 kishi (2011).
Mundarija
Tarixi[tahrir]
Mirzachoʻlda Doʻstiq (Kirov nomidagi) kanali qurulishining davom ettirilishiga va paxta xoʻjaligini rivojlantirishga doir 1939-yili poydevori qurildi[4]. 1951-yili kent, 1969-yili shaharga aylandi.
Sanoati[tahrir]
Jetisayda paxta tozalash, pivo, non zavodlari, moy sexlari, v.h. korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy soha[tahrir]
Shaharda „Sirdaryo“ universiteti, Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk xalqaro universitetining filiali, pedagogika kolleji, 6 ta oʻrta maktab, Q.Jandarbekov nomidagi Jetisay drama teatri, „Jetisay soʻzi“ folklorlik-etnografiyalik ansambli, kasalxona, shifoxona, markaziy kutubxona va boshqa mahkamalari faoliyat yuritmoqda. Jetisay orqali xalqaro Toshkent — Sirdaryo — Buxoro temir yoʻli oʻtgan.
Manbalar[tahrir]
- ↑ ҚР елді мекендерінің тұрғындар саны
- ↑ Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Постановление Президиума Верховного Совета Республики Казахстан от 4 мая 1993 года № 2001 «Об упорядочении транскрибирования на русском языке казахских топонимов, наименовании и переименовании отдельных административно-территориальных единиц Республики Казахстан».
Janubiy Qozogʻiston viloyatining hududiy boʻlinishi | |
---|---|
Viloyat markazi: | Chimkent |
Shaharlar: | Oris | Kentov | Turkiston | Jetisay | Lenger | Sariagʻash | Chordara |
Tumanlar: | Boydibek | Qazigʻurt | Paxtaorol | Oʻrdabasi | Oʻtror | Sayram | Sariagʻash | Sozaq | Toʻlebiy | Tulkibosh | Chordara |
Katta qishloqlar: | Oqsuvkent | Qazigʻurt | Koʻkterak | Sayram | Koʻlkent | Qorabuloq | Shavildir | Turar Risqulov | Mirzakent | Sastoʻbe | Taukent | Sutkent | Shoʻlaqoʻrgʻan | Shayan |