Sharafuddin ali yazdiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sharafuddin Ali Yazdiydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sharafuddin ali yazdiy (? 1454, Yazd sh. yaqinidagi Taft qishlogʻi) — temuriylar davri mashhur tarixnavisi. 1414—35 yillar mobaynida Shohruxning oʻgʻli, Fors oʻlkasi hokimi Ibrohim Mirzo xizmatida boʻladi va uning topshirigʻi asosida mashhur "Zafarnoma" asarini yozadi. Ibrohim Mirzo vafotidan soʻng Sh.A.Ya. Sultoniya, Ray va Qum viloyatlari hokimi boʻlgan Shohruxning nabirasi Sultan Muhammad xizmatiga oʻtadi. 1445—46 y. Muhammad Sultonning markaziy xukumatga qilgan isyoniga aralashib qolgan Sh.A.Ya. Umugʻbeknitoʻtli Abdullatiftomonidan jazodan saklab qolinadi va Hirotga yuboriladi. Kamoliddin Abdulvoseʼ anNizomiyning "Makrmoti mavlaviy Jomiy" asarida keltirilishicha, Sh.AYA. Hirotga kelib, Jomiyning suhbatida bulgan. Shoxrux vafotidan soʻng (1447 y.) oʻz vatani Taftga qaytib keladi va xonaqohga joylashib, umrining oxirigacha oʻsha yerda yashaydi,Navoiy "Majolis unnafois" asarida yozishicha, 6 yoshida "Shohrux Sulton buzugʻligʻida" (yaʼni Shohrux vafotidan soʻng mamlakatda yuz bergan nizolar chogʻida) katta jamoat bilan Xurosondan Iroqqa ketayotganda, Taftda Sh.A.Ya. yashagan xonaqohsa boʻlib, uni koʻrgan. Navoiy ushbu asarida Sh.A.Ya.ning bilimdonligiga yuqori baxr berib: "Mavlononing sohib kamolligʻi olam axli qoshida musallamdur", deb yozgan. Shundan keyingi yillarda, yaʼni 1452 y. tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy ham Taftda Sh.A.Ya. bilan uchrashib suhbatlashgan. Moʻgʻuliston xoni Yunusxon yoshligida Shoxrux topshirigʻiga koʻra, uzoq yillar Sherozda Sh. A.Ya. tarbiyasida boʻlgan va sulton Abu Sayd uni olib kelib, Moʻgʻulistotg . xon etib tayinlagan.

SH.A.Ya. adabiyot va til uslubi, sheʼriyat nazariyasi, nujum ilmi, tarix, musika, tasavvufning nazariy masalalari boʻyicha bir nechta asarlar yozgan; "Sharaf" taxallusi bilan sheʼr bitgani ham maʼlum. Shuningdek, Sh.A.Ya.ning "Hullali mutarraz dar muammo va lugʻaz" ("Muammo va topishmoklar borasida bezakli noma"); "Muntaxabi hulal" (mazkur asarning qisqartirilgan bayoni); "Mavotin yo manozir dar muammo" ("Muammo fanida joy va manzaralar"); "Qunh uzzod dar ilmi vaqfi aʼdod" ("Adadlar muvofiqligi ilmida haqiqat choʻqqisi"); "Alkitob fi ilm ilusturlobi" ("Us turlob ilmi boʻyicha kitob"); "Devon i Sharaf Yazdiy" ("Sharaf Yazdiyning devoni"); "Haqoyiq attahlil" ("Taxlil, yaʼni "Lo ilaha illallox."ning haqiqatlari"); "SharhiQasidai Burda" ("Qasidai Burda"ning sharhi); "Sharhi Asomoi Alloh" ("Alloh ismlari" sharhi); "Tuhfat ulfaqir va hadyat ulhaqir" ("Faqirning tuhfasiyu, haqirning hadyasi"); "Munshaot" (Xatlar toʻplami); Amir Temur tarixiga bagʻishlangan sheʼriy asarlari maʼlum.

Asomiddin Oʻrinboyev.